O'zbekiston musulmonlari idorasi va hududlardagi bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchilari tomonidan haftaning har chorshanba kuni ayol-qizlarni qabul qilish yo'lga qo'yilgan.
Mazkur qabul jarayonlarida diniy-ma'rifiy savodxonlik, bid'at-xurofotlardan saqlanish, oilaviy muammolar, farzand tarbiyasiga oid maslahatlar, ayol-qizlarga xos masalalar va taklif-mulohazalar yuzasidan murojaatlar tinglanadi hamda zarur tavsiyalar beriladi.
Quyida O'zbekiston musulmonlari idorasi va hududiy bo'limlarining qabul manzili, kuni va bog'lanish raqamlari havola etiladi:
– O'zbekiston musulmonlari idorasi Hotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'limi mudirasi Maryam Abdullayeva:
Qabul kuni: chorshanba kuni, soat 09.00 dan - 17.00 gacha
Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Qorasaroy ko'chasi 47-uy.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Mo'ljal: “Hazrati Imom” majmuasi
Telefon: (71) 240-01-96
– Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Zulayho Soatova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha
Manzil: Shayxontohur tumani Suzuk ota ko'chasi 50-uy 1-xona.
Mo'ljal: “Suzuk ota” majmuasi.
Telefon: (95) 146-99-00
– Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Shoiraxon Qosimova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha.
Manzil: Andijon shahri “Hursandlik” MFY, G'ulomjon Hakimov ko'cha 7-uy.
Mo'ljal: “Sayyid Muxyiddin maxdum” o'rta maxsus islom bilim yurti
Telefon: (74) 228-01-58
– Buxoro viloyat bosh imom xatibining xotin-kizlar bo'yicha yordamchisi Rizvon Bahramova:
Qabul kuni: chorshanba 09.00 -17.00 gacha .
Manzil: Buxoro shahri Abu Hafs Kabir ko'chasi, 9-uy.
Mo'ljal: Abu Hafs Kabir ziyoratgohi.
Telefon: (55) 301-94-87
– Jizzax viloyat bosh imom- atibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Farog'at Sattorova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 - 16.00 gacha
Manzili: Sh.Rashidov tumani Toshkentlik ko'chasi 19-uy.
Mo'ljal: “Qo'shchinor” jome masjidi.
Telefon: (95) 373-11-80
– Navoiy viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Umida Holova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha
Manzil: Navoiy shahri G'alaba shoh ko'chasi 73-uy.
Mo'ljal: “Hazrat Alisher Navoiy” jome masjidi.
Telefon: (79) 225-68-82
– Namangan viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Hodiyaxon Rahmonova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09:00 - 17:00 gacha
Manzil: Namangan shahar Axsikent MFY Quvonch ko'chasi 1-uy.
Mo'ljal: “Mulla Bozor Oxun” jome masjidi.
Telefon: (69) 226-10-01
– Samarqand viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Nozbuvi Temirova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00-17.00 gacha
Manzil: Samarqand shahri Dahbed ko'chasi 229 A-uy.
Mo'ljal: viloyat xalq qabulxonasi
Telefon: (55)705-02-78 103-xonaga ulab berish so'raladi
– Sirdaryo viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Mansuraxon Melibayeva:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 - 17-00 gacha
Manzil: Guliston shahri G'oliblar ko'chasi 75 uy.
Mo'ljal: “Guliston” jome masjidi.
Telefon: (67) 227-23-00
– Surxondaryo viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi: Hosiyat Qosimova
Qabul kuni: dushanba soat 09.00-17.00 gacha
Manzil: Termiz tumani “At-Termiziy” MFY.
Mo'ljal: “Vaqf” mehmonxonasi.
Telefon: (91) 583-52-51
– Toshkent viloyati bosh imom xatibining xotin kizlar masalalari buyicha yordamchisi Nigora Imamova:
Qabul kuni: chorshanba soat 9.00 - 16.00 gacha
Manzil: Zangiota tumani A.Temur ko'chasi 221 uy.
Mo'ljal: “Zangiota” ziyoratgohi.
Telefon: (95)177-14-54
– Farg'ona viloyati bosh imom-hatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Hilola Komilova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 - 17:00 gacha
Manzil: Farg'ona shahri Chek-Shura MFY Tutzor ko'chasi 14-uy.
Mo'ljal: “Ummul Quro” jome masjidi.
Telefon: (73) 226-72-44
– Horazm viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Feruza Otajanova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha.
Manzil: Urganch shahri Yu.Bobojonov ko'chasi 43 a-uy.
Mo'ljal: “Doshqinjon bobo” ziyoratgohi.
Telefon: (62) 228-44-38
– Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 – 17.00 gacha.
Manzil: Nukus shahri, H.Abdambetov kuchasi.
Mo'ljal: “Imom eshon Muhammad” jome masjidi.
Telefon: (61) 229-02-24
– Qashqadaryo viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi Nasiba Botirova:
Qabul kuni: chorshanba soat 09.00 - 17.00 gacha
Manzil: Qarshi shahri Nasaf ko'chasi 274-uy
Mo'ljal: “Ko'kgumbaz” jome masjidi.
Telefon: (75) 220-06-32
Eslatma: Diniy masalalarga oid savollarni O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Fatvo markazidan yoki Koll-markazining (78) 150-33-44 telefon raqamiga bog'lanish orqali batafsil javob olishingiz mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
“Mazhab” so‘zi arabchada “yo‘l”, “yo‘nalish”, shar’iy istilohda esa “diniy masala bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo‘li” ma’nolarini bildiradi.
Mashhur alloma Ibn Rajab (1335-1393 m.y.): “Ko‘plab mazhablar orasidan faqat to‘rttasining saqlanib qolgani asrlar davomida insonlarni turli ziddiyatlar va ixtiloflardan himoya etishda asos bo‘lgan”, deb yozgan (“To‘rt mazhabdan boshqaga ergashganga raddiya” kitobi).
Ulamolar mazhablarga ergashish Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadisiga amal qilishdir, deb ta’kidlaydilar: “Agar ixtilofni ko‘rsangiz, o‘zingizga ko‘pchilik tomonini lozim tuting” (Imom Moja, 3950-hadis).
Mazhablardagi bitta masalaga nisbatan turlicha yondashishlik islom shariatida musulmonlar uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi. Mazhablarda u yoki bu masala islom ahkomlari, muayyan jamiyat, xalq yoki millatning urf-odatlari, qadriyatlari hamda ijtimoiy munosabatlarning mazmunini ham hisobga olgan holda, eng ma’qul shaklda hal qilingan.
Islom ulamolari shar’iy hukmni va uning dalilini bilmaydigan musulmon odam (muqallid)mujtahid olimga taqlid qilishi zarurligini ta’kidlaydilar. Bunga Qur’ondagi ushbu oyatni dalil sifatida keltirish mumkin: “Agar bilmasangiz zikr ahllaridan so‘rang” (Nahl surasi, 43-oyat).
Mazhablarda Qur’on, sunnat, ijmo va qiyosdan dalil sifatida foydalanishning o‘ziga xos qoidalari, usul va tamoyillariga asoslangan muayyan tizim mavjud. Masalalar tizimli ravishda hal bo‘lgan. Mazhabsizlarda esa hech qanday ijtihod usul va qoidalari yo‘q bo‘lib, “Qur’on va Sunnatga murojaat qilamiz” qabilidagi dalilsiz da’vo bilan hukmlar berilmoqda. Maqsadiga, ra’yiga va nafsiga to‘g‘ri kelgan dalillarni olib, qolganlarini tashlash esa yomon oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bemazhablar omma musulmonlar ichida ko‘plab noto‘g‘ri talqin qilingan aqidaviy va fiqhiy masalalarni tarqatmoqdalar. Vaholanki, bu masalalar Ahli sunna olimlari tomonidan allaqachon hal qilingan.
Mazhabsizlar tarafdorlarining ayrim iddaolaridan ularning da’volari asossiz ekaniga ishonch hosil qilish mumkin:
– bemazhablar “Qur’on bitta va Payg‘ambar bitta bo‘lsa, to‘rt mazhab orasida fiqhiy ixtiloflar bor, haq bitta emasmi?” deydilar.
Mazhablar bir manba – Qur’on va sunnatga asoslanadi. Mazhablarning biriga ergashgan kishi Qur’on va sunnatga ergashgan bo‘ladi.
– Mazhabsizlik tarafdorlari “Imom Buxoriy bemazhab bo‘lgan”, deb dalil qiladi. Vaholanki, Imom Buxoriy yashagan davrda u kishiga o‘xshash ilmi ijtihod darajasiga yetgan, o‘zi ijtihod qilganlar ko‘p bo‘lgan. Hamma ulamolar ilmi mujtahidlikka yetgan odam, o‘zi ijtihod qiladi, deganlar. Hozir esa o‘sha davrdagi kabi mujtahidlar yo‘q ekanini hisobga olmaydilar.
Aksincha, Qur’on va sunnatdan har kim o‘zboshimcha yangi hukm chiqarish, fitna qo‘zg‘ash kabi islomda qat’iyan man qilingan xatti-harakatlarga sabab bo‘lmoqda. Shu nuqtayi nazardan, marhum Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy qayd etganidek: “Mazhabsizlik islom shariatiga tahdid soladigan xatarli bid’atdir”.
Ming afsuslar bo‘lsinki, mana shunday yetuk olimlar bir mazhabni mahkam ushlab, to‘g‘riligini e’tirof qilib turgan bir paytda ba’zi yurtdoshlarimiz hali dastlabki ilmiy ko‘nikmalarni hosil qilmagan bo‘lsalarda: “Men Qur’on va hadisdan o‘zim hukm olaman” deb, da’vo qilib, turli ixtiloflarni keltirib chiqarmoqdalar. Ba’zida o‘zlari adashgani yetmagandek, o‘zgalarni ham yo‘ldan urmoqdalar.
Alloh taolo hammamizni O‘z hidoyatida sobit qilsin.
G‘ulomov FATHULLOH,
Al-Hudaybiya jome’ masjidi imom noibi