Misrda “Kibermakon va diniy nutqning zamonaviy vositalari” mavzusidagi 34-xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Unda yurtimizdan O'zbekiston musulmonlari idorasi xalqaro aloqalar bo'limi mudiri Shavkat Hamdamov qatnashdi.
Forumni Misr Arab Respublikasi Vaqflar vazirligi va Islom ishlari oliy Kengashi tashkil etdi. Halqaro anjuman 60 dan ortiq davlatdan ko'plab mashhur Islom arboblarini jamladi.
Anjuman ishtirokchilari raqamli platforma va internet texnologiyalari bilan bog'liq masalalar, kibermakonda ekstremistik g'oyalarni to'sishga qaratilgan strategiyalar va bunday g'oyalar targ'ibotiga qarshi kurashishning turli usullariga doir mavzularni muhokama qildi.
Shuningdek, muammolarni bartaraf etishda ishonchli Islomiy kontent zarurligini ta'kidladi. Universitetlar va ommaviy axborot vositalari davlat tomonidan moliyalashtirilishi va maktablarning ta'lim rolini kuchaytirishni taklif qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Alloh azza va jalla (farishtalarga) aytadi: «Bandam biror yomonlikka shaylansa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta yomonlik yozinglar. Agar biror yaxshilikka shaylansa-yu, uni qilmasa, bitta yaxshilik deb yozinglar. Agar uni qilsa, o‘nta (yaxshilik) yozinglar» (Imom Muslim rivoyati).