Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Bugun Sirdaryo viloyatidagi yurtdoshlarimiz Sizning ko‘magingizga muhtoj. Ularga imkon qadar yelkadosh bo‘lish – millatdosh, dindosh, yurtdosh sifatidagi insoniy vazifamizdir.
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sirdaryoliklarga ko‘mak” xayriya aksiyasi jadal davom etmoqda.
Yordamni tashkil etishda vaqtni tejash maqsadida, Sirdaryo viloyatidagi «Iso o‘g‘li Muso» masjidi imom-xatibi Jalolov Avazxon Azizxon o‘g‘liga tegishli quyidagi “Uzcard” va “Humo” plastik kartalar raqamlariga mablag‘laringizni o‘tkazishni iltimos qilamiz.
8600 3329 4470 9496 (Uzcard)
9860 0101 2710 3090 (Humo)
Murojaat uchun telefon: +998949190220 yoki ushbu +998906102086 raqamga ochilgan “Telegram” kanali orqali savollarga javob topish mumkin. Xorijdagi vatandoshlarimiz ham muruvvat qilishni istashsa, ushbu raqamlarga bog‘lanishlari mumkin.
Shu vaqtga qadar ushbu aksiya doirasida 85 million so‘mdan ziyod mablag‘ jamlandi. Yaqin kunlarda aziyat chekkan yurtdoshlarimizga eng zarur bo‘lgan oziq-ovqatlar, gigiyenik vositalar, ko‘rpa-to‘shaklar, kiyim-boshlar, dori-darmonlar yetkaziladi, insha Alloh.
Yordamlarni tashkil etishda karantin tartib-qoidalariga to‘la amal qilinadi.
Xayru ehsoningizni Haq taolo qabul etsin!
Ushbu e’lonni ko‘proq tarqatishga hissa qo‘shing!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#xabar #haj2025
Shu yil 12 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiliklaridagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon ona diyorimizga yetib keldilar.
Nurli yuzi, quvnoq ko‘zida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilar jamoasini taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida ehtirom ila kutib olishdi.
Hojilarimiz muborak zaminda Haq taoloning farzi – Haj amalini chiroyli ado etib, sog‘u salomat o‘z yurtiga yetib kelganlari va yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun shukronalar aytish barobarida el-yurt haqqiga xayrli duolar qilishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati