Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Sentabr, 2025   |   12 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:31
Quyosh
05:52
Peshin
12:27
Asr
16:58
Shom
18:55
Xufton
20:10
Bismillah
04 Sentabr, 2025, 12 Rabi`ul avval, 1447

Imom Termiziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida ilk qori talabalar etishib chiqdi

15.09.2023   858   1 min.
Imom Termiziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida ilk qori talabalar etishib chiqdi

Imom Termiziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 4-bosqich talabasi Abdullayev Nodirbek hamda 3-bosqich talabasi Yarashev Habibulloh qisqa muddat ichida Qur'oni Karimni to'liq yod oldilar. 

E'tiborlisi, madrasa 2020 yili tashkil etilgan bo'lsa, ustozlarning sa'yi harakatlari bilan Imom Termiziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi tarixida ilk qori talabalar etishib chiqmoqdalar.

N.Abdullayev 1-kursda Qur'oni Karimni 2 pora yod olgan edi, 2023 yilda, so'ngi 1 yil ichida 20 porani hifz qildi.

H.Yarashev ham ta'lim muassasasidagi 2 yillik ta'limi paytida 4 pora Qur'onni yod olgan bo'lsa, 2023 yilning 7 oyida 25 porani hifz qilib, tez fursatda qori bo'ldi.


Toshkent islom instituti Tahfizul Qur'on kafedrasi o'qituvchisi Zafar qori Mahmudov talabalarning Qur'on qiroati ilmlari hamda oyatlarni yod olishini rivojlantirish maqsadida Imom Termiziy madrasasiga jalb qilingan. Bu esa o'z samarasini bermoqda.

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha)

03.09.2025   1787   2 min.
Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha)

#Yangi_o‘quv_yili

 Bugun, 3 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining barcha kurslari va oliy diniy ta’lim muassasalarining 1-kurs talabalari uchun yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
 

Mazkur marosimlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, hududiy hokimlik mas’ullari, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, bosh imom-xatiblar, shuningdek, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

 
Tadbirlar Qur’oni karim tilovati, xayrli duolar va davlat madhiyasi bilan boshlandi.


 So‘zga chiqqan mutasaddilar barchani mustaqilligimizning 34 yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qutladi. Mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonidan barcha sohalarda bo‘lgani singari diniy-ma’rifiy sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan, bunga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni va bir guruh ulamolar “Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangani yorqin dalil ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, o‘tgan yili magistratura bosqichi ochilib, endilikda doktaranturani tashkil etish rejalashtirilayotgani kabi qator yangiliklar aytib o‘tildi.


Shu bilan birga, diniy ta’lim muassasalari faoliyati yildan-yilga takomillashayotgani, jumladan, o‘quv dasturlari zamon talabiga qarab yangilab borilayotgani, kirish imtihonlari elektron test shaklida o‘tkazilib, eng munosib talabalar saralab olinayotgani, muddaris va talabalarga har jihatdan sharoitlar hozirlanayotgani, ana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, talabalar astoydil o‘qib-o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishga harakat qilishi lozimligiga urg‘u qaratildi. 


 Tadbirlar davomida diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.


 Marosimlar yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchligi va farovonligi, mustaqilligimiz abadiy bo‘lishi hamda yangi o‘quv yili xayrli va manfaatli bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qilindi.


 Bayram tadbirlaridan so‘ng o‘quv auditoriyalarida “Mustaqillik darslari” boshlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari