*** Hayit namozlari hukmi va shartlari ***
Hayit namozlari juma namozi farz bo‘lgan kishilarga vojibdir. Faqat xutba hayit namozlarida sunnatdir.
Xutbani hayit namozidan avval o‘qish yoki xutba o‘qimasdan hayit namozini o‘qish karoxat bilan joizdir.
*** Ramazon hayitining mustahablari ***
Ramazon hayitida quyidagi o‘n uch narsa mustahabdir:
Hayit namozidan avval masjidda, uyda va namozdan so‘ng esa masjidda nafl namoz o‘qish makruhdir.
*** Hayit namozining vaqti ***
Hayit namozining vaqti, quyoshning bir yoki ikki nayza bo‘yi (uch yo to‘rt metr) ko‘tarilishidan boshlab to zavoligacha bo‘lgan vaqtdir.
*** Hayit namozlarini o‘qish tartibi ***
Hayit namoziga niyat qilib, takbiri tahrima aytiladi. So‘ngra qo‘llar bog‘lanib sano o‘qilgach, uch marta takbir aytiladi va har birida qo‘llar ko‘tariladi, birinchi va ikkinchi takbirlarda qo‘lni pastga qo‘yib yuborib, uchinchisidan so‘ng bog‘lanadi.
So‘ngra xufya «A’uzu» va «Bismillah»ni aytgach, jahran Fotiha va zam sura o‘qiydi va ruku qiladi. Hayit namozlarining dastlabki rakatida A’lo surasini o‘qish mandubdir, ikkinchi rakatni «Bismillah» bilan boshlab Fotiha va zam sura o‘qigach, birinchi rakatda bo‘lganidek, qo‘llarni ko‘targan holda, uch marta ziyoda takbir aytiladi. Uchala takbirda ham qo‘llar ko‘tarilgach, yoniga qo‘yib yuboriladi va to‘rtinchisida rukuga boriladi. Namoz o‘qib bo‘lingach, xatib xutba o‘qiydi va unda fitr sadaqasining hukmini tushuntiradi. Hayit namozini imom bilan birga o‘qiy olmagan kishi (so‘ngra) qazosini o‘qimaydi. Hayit namozini o‘qish biror uzr tufayli, faqatgina ikkinchi kunga kechiktirilishi mumkin.
*** Qurbon haytining hukmi ***
Qurbon hayitining hukmlari aynan Ramazon hayitining hukmlari kabidir. Faqat (kishi shirinlik) yeyishni namozdan keyinga qoldiradi va (masjidga ketayotganida) yo‘lda takbirni baland ovoz bilan aytadi. Imom xutbada Qurbonlik hukmlarini va tashriq takbirini tushuntiradi. Namoz biror-bir uzr tufayli uch kungacha kechiktirilishi mumkin.
***Tashriq takbirining hukmi, muddati va kimlarga vojib bo‘lishi***
Tashriq so‘zining lug‘aviy ma’nosi «quyosh nurida go‘shtni quritish» deganidir. Arablarda hayitning birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari qurbonlik go‘shtlarini quritish odat bo‘lgani uchun bu kunlarga tashriq kunlari deb nom berilgan. Ba’zi olimlarga ko‘ra, bu so‘zning «jarangdor ovoz bilan takbir aytish» degan ma’nosi ham bor.
Arafa kuni bomdod namozidan boshlab, hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha (asr namozi bilan birgalikda 23 vaqt) har farz namoz o‘qilganidan so‘ng, munfarid (yakka namoz o‘quvchi), jamoat, imom, muqim, musofir, shaharlik, qishloqlik, ayol va erkak har bir namozxonga tashriq takbirini aytish vojibdir. Butun Islom o‘lkalarida fatvo shunga ko‘radir.
*** Tashriq takbiri ***
Tashriq takbiri quyidagicha:
Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, arafa kuni bomdod namozida jamoatga yuzlanib: «Shu kunlarda siz aytadigan va Payg‘ambar ham aytgan eng xayrli so‘zlar «Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd» so‘zlaridir» deganlar.
Rivoyatga ko‘ra, tashriq takbirining tarixi shunday: Hazrat Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘li Ismoilni, alayhissalom, Alloh uchun qurbon qilmoqchi bo‘lgan paytda birdan Jabroilning, alayhissalom, bir qo‘chqor bilan tushishlari Ibrohimni, alayhissalom, qo‘rqitadi. Jabroil, alayhissalom, yerga tushar ekan, «Allohu akbar» deydilar. O‘zini qo‘lga olgan Ibrohim, alayhissalom, esa «Allohu akbar va lillahil hamd», deb javob beradilar.
*** Quyosh tutilganida o‘qiladigan namoz ***
Quyosh tutilganida nafl namozga o‘xshash ikki rakat namoz o‘qish sunnatdir. Bu namoz azon va iqomatsiz, xutbasiz, maxfiy qiroat bilan, juma imomi, davlat boshlig‘ining vakili imomligida o‘qiladi. Har ikki rakatning ruku va sajdalarini uzunroq qilish sunnatdir. Namozdan so‘ng imom qiblaga qarab o‘tirib yoki jamoatga qarab tik turib, quyosh ochilguncha duo qiladi, jamoat omin deb turadi. Imom bo‘lmasa quyosh tutilganidagi namoz jamoatsiz o‘qiladi.
Izoh: Rivoyatga ko‘ra, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, davrlarida bir kuni quyosh tutildi, u kishi xalqni to‘plab, ikki rakat namoz o‘qishdi. Bu namozda uzoq qiyomda turganidan so‘ng ruku qildilar, rukuda uzoq vaqt qoldilar, so‘ng sajda qildilar, uzoq muddatli bir sajdadan so‘ng ikkinchi rakatga turdilar, ikkinchi rakat hamm juta cho‘zildi va namoz tugadi, Quyosh ochildi.
Bu haqda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: «Bu Allofning qullarini o‘z qudrati bilan qo‘rqitishi – ibrat olinadigan hodisadir. Quyosh tutilishini ko‘rsangiz, eng yaqin farz namozga o‘xshash namoz o‘qingizlar», deganlar.
*** Oy tutilganida o‘qiladigan namoz***
Kunduz paytidagi qorong‘u zulmat, shiddatli shamol yoki qattiq qo‘rquv (zilzila, og‘ir yuqumli kasallik va oy tutilishi) holatida har kim yakka holda ikki rakat nafl namoz o‘qiydi.
Quyosh va oy tutilganida ikki rakat nafl namoz o‘qish sunnatdir. Bu esa musulmonlarning bu hodisalardan daxshatga tushib, qo‘rqishlaridan dalolat bermaydi. Quyosh va oy Allohning buyuk ne’matlaridandir. Biri kunduz, biri kechani oydinlatadi. Bu ne’matlarning foydalarini olimlar hali to‘liq o‘rganmaganlar. Go‘yo ular yo‘q bo‘lgandek tuyuladigan tutilish asnosida bu ne’matlarning Yaratuvchisiga shukr qilish, namoz o‘qish lozimdir.
*** Yomg‘ir so‘rash duosi ***
Istisqo Alloh taolodan istig‘for tilab, maxsus holda yomg‘ir yog‘dirishini so‘rashdir. Istisqoda namoz jamoat bilan o‘qilmaydi. Ketma-ket uch kun eski, toza, hatto solingan kiyimlarni kiyib, bo‘yni egik, tavoze’ va xushu’ bilan, yayov xolda cho‘lga (saxroga) shahar va qishloq tashqarisiga chiqish, chiqishdan oldin har kun sadaqa berish mustahabdir. Bolalar va keksa kishilarni, bolali hayvonlarni ham olib chiqish mustahabdir.
Izoh: Chunki ular rahmatning tushishiga (yomg‘ir yog‘ishiga) sababchi bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: «Sizning orangizdagi zaiflar, muhtojlar kundalik rizqingizni ta’minlayaptilar va (ular tufayli) mushkul shilaringizda kerakli yordamni olmoqdasiz», dedilar. Boshqa bir hadicda esa: «Allohdan qo‘rquvchi yoshlar, o‘tlovchi hayvonlar, beli bukik qariyalar, ona sutidan ajramagan begunah, go‘daklar bo‘lmasa edi, ustingizga samodan balolar yog‘ardi», deganlar.
Makkai Mukarrama va Quddus xalqi istisqo uchun shahar tashqarisida emas Masjidul Harom va Masjidul Aqsoda to‘planadilar, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinada xalq Qubo masjidiga yig‘iladi.
Qiblaga qarab, imom tik turgan holatda qo‘lini ko‘tarib duo qiladi. Jamoat qiblaga qarab o‘tirgan joyida «Omin» deydi va ushbu duo o‘qiladi:
Allohumma asqina roysan mug‘isan xanian marian, g‘odaqon ajilan g‘oyro roisin mujillilan sohhan tabakan daiman.
Ma’nosi: Allohim! Bizga bizni shiddatdan qutqaruvchi, zohiriy va botiniy foydali, mo‘l, barakali har yonni o‘z ichiga olgan, hap yonga oqadigan, hap yonni ho‘l qiladigan davomiy yomg‘irni bergin.
Bu va bunga o‘xshash duolar maxfiy yoki jahriy o‘qiladi. Istisqoda kiyim teskari qilinmaydi. Duoda zimmiy (musulmon blmagan) kishi ishtirok etmaydi.
Hazrati Oyishadan rivoyat qilinishiga ko‘ra, bir kuni xalq Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, maydonda minbar qurishni buyurdilar va butun xalqning to‘planishi uchun bir kunni tayinladilar. Tayinlangan kun quyosh chiqib-chiqmay o‘rnatilgan minbarga Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, chiqib o‘rnashib, takbir va Allohga hamdu sano aytgach, xalqqa yuzlanib:
«Ey xalq, siz menga kelib, yerlaringizda qurg‘oqchilik bo‘lgani, vaqtida yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildingiz. Allohim sizga duo qilishingizni buyurdi, istagingizni bajarajagini va’da qildi» dedilar. So‘ng: «Hamd olamlarning Parvardigoriga xosdir. U saqlovchi va kechiruvchidir, hisob-kitob kunining Egasidir. Undan bo‘lak iloh yo‘qdir va u xohlaganini qilguvchidir. Allohim sen boysan, biz esa senga muhtoj faqirlarmiz, bizga yomg‘ir ber va uni bizga xayrli ayla» deb duo qildilar. Keyin qo‘llarini osmonga ko‘tardilar (ko‘ltiqlari ko‘rindi) ustlaridagi kiyimni teskari kiyib, xalqqa yuzlandilar, minbarda uzoq muddat bu vaziyatda turib, keyin pastga tushib, ikki rakat nafl namoz o‘qidilar. Namozdan keyin sharros yomg‘ir yog‘maguncha masjidga qaytmadilar. Kuchli yomg‘ir boshlangach, xalq pana joy axtarib, tarqalishganida, old tishlari ko‘rinadigan holda kuldilar va «Guvohlik beramanki, Alloh har ishga qodirdir va yana guvohlik beramanki, men uning quli (bandasi) va elchisidirman», dedilar.
Zimmiylarni (musulmon bo‘lmasalar-da, islomiy o‘lkada jizya va xiroj to‘plab yashovchilar) duoga chiqarmaslik sababi, agar duodan so‘ng yomir yog‘sa, avom xalq ularning duolari ham qabul bo‘lib, yomg‘ir yog‘di, ularning dini ham haq ekan, deb o‘ylab, imonlari susayishidan saqlanishidir.
*** Xavf (qo‘rquv) namozi ***
Hukmi va sababi
Xavf namozini faqat dushman va yirtqich hayvon oldida yoki suv toshqini va yonishdan qo‘rqish holatida o‘qish joizdir.
Butun jamoat bir imomga ergashishni xohlasalar, imom jamoatni ikkiga bo‘ladi.
Bir guruhni dushman qarshisida qoldiradi, boshqa guruh bilan namoz o‘qishni boshlaydi. O‘qiladigan farz namoz ikki rakatli bo‘lsa bir, to‘rt (yoki uch) rakatli bo‘lsa, ikki rakat o‘qiganidan so‘ng, birinchi jamoat dushman oldiga boradi. Ularning o‘rniga ikkinchi guruh kelib, imomga ergashadi. Imom namozning qolgan qismini o‘qib, o‘zi salom beradi. Ikkinchi guruh, dushman oldiga qaytgach, birinchi guruh o‘rinlariga qaytib, Qur’on o‘qimasdan namozlarini tugatadilar, salom berib dushman oldiga qaytadilar. Ikkinchi jamoat ham namozning qolgan qismin joylariga qaytib yoki dushman qarshisida, xoliroq joyda o‘qib tugatadi.
Izoh: Namozlarining ikkinchi qismini yolg‘iz o‘qiydigan paytda birinchi guruh lohiq, ikkinchisi masbuq edi, shuning uchun birinchi guruh namozning ikkinchi qismida Qur’on (qiroam qilmaydi) o‘qimaydi, ikkinchisi o‘qiydi. Ma’lumki, masbuq namozning boshida imomga yetisholmagan kishidir. Bu kishi imomning salomidan so‘ng namozning yetisholmagan qismini o‘zi qiroat bilan o‘qib tugatadi. U holda, hukmga ko‘ra, masbuq holatida bo‘lgan ikkinchi jamoat namozning imom bilan qilmagan qismini qiroat qilib tamomlaydi. Lohiq esa namozni imomga ergashib boshlagan bo‘lsa ham, qandaydir sabab bilan namozning boshqa qismini imom bilan o‘qimagan kishidir. Bu kishi imomning salomidan keyin, namozning o‘qilmagan qismini qiroatsiz tugatadi. Birinchi guruh namozning birinchi qismini o‘qib, dushman oldiga qaytganiga ko‘ra, namozning ikkinchi qismini o‘qish chog‘ida lohiq hukmida bo‘la di. Shuning uchun qiroat qilmaydi.
Takrorlash uchun savollar
Quyidagi savollarga o‘ylab, javob bering:
KЕYINGI MAVZULAR:
RO‘ZA KITOBI:
Ramazon ro‘zasi farz bo‘lish sababi;
Hukmi va farz bo‘lishining shartlari;
Ro‘za tutishning vojib bo‘lish shartlari;
Ro‘za tutishning durust bo‘lish shartlari uchta;
Rukni;
Ro‘za tutish natijasi;
Ro‘zaning sifati va qismlari;
Ramazon oyining ko‘rinishi va shubhali kun Ramazon qanday sobit bo‘ladi?
Oyni ko‘rish;
Oy (hilol);
Ro‘zani buzmaydigan narsalar;
Ro‘zani buzib, qazo va kafforatga sabab bo‘ladigan holatlar;
Kafforatni bekor qiluvchi holatlar;
Ro‘za kafforati;
Kafforatlarning birlashuvi;
Alloh taolo Qur’onda bunday marhamat qiladi:
"Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar" (Fotir surasi, 28-oyat).
Bu oyat bizga ilmning ulug‘ligini va haqiqiy olimlar Allohdan qo‘rqadigan, haqiqat yo‘lida xizmat qiladigan insonlar ekanini bildiradi.
Islom tarixiga nazar tashlasak, ko‘plab allomalar, adiblar va mutafakkirlar ilm-ma’rifat bilan ummatga xizmat qilganini ko‘ramiz. Ana shunday buyuk zotlardan biri Alisher Navoiy bo‘lib, nafaqat she’riyat, balki tilshunoslik, tasavvuf, axloqiy tarbiya va davlat boshqaruvi sohalarida ham ulkan iz qoldirgan.
Bugungi maqolamizda biz Alisher Navoiyning hayoti, ilmiy va diniy qarashlari va tolibi ilmlar uchun ibrat bo‘ladigan jihatlari haqida fikr yuritamiz.
Navoiy hayoti va ilm yo‘lidagi harakatlari
Alisher Navoiy hijriy 844-yil (milodiy 1441-yil) 9-fevral kuni Hirotda tavallud topgan. Yoshliklaridan Qur’on, hadis, tafsir, fiqh, nahv (arab tili grammatikasi) va mantiq ilmlarini o‘rgangan. Ularning ilmga bo‘lgan muhabbati shunchalik kuchli edi-ki, butun umrini ilm va ma’rifatga xizmat qilishga bag‘ishlagan.
Hazrat Navoiyning ustozlari ichida mashhur olimlar, xususan, Jomiy hazratlari ham bor edi. Jomiy tasavvuf va fiqh ilmlarida yetuk olim bo‘lib, Navoiyning ilmiy va axloqiy shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Alisher Navoiy ilmni insonni kamolot sari yetaklovchi eng muhim vosita deb bilgan. U shunday degan:
"Jaholatdan ilmu yiroq qilg‘ay,
Bilim ila ko‘ngling charog‘ qilg‘ay".
Bu fikr Qur’onda kelgan quyidagi oyatga mos keladi:
"Sen: Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘ladimi?, deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar" (Zumar surasi, 9-oyat)
Demak, ilm odamni zulmatdan nurlarga olib chiqadi va haq yo‘lni ko‘rsatadi.
Navoiyning adabiy meroslari va tasavvufiy qarashlari
2.1. "Xamsa" va axloqiy tarbiya
Alisher Navoiy buyuk fors shoiri Nizomiy Ganjaviy an’analarini davom ettirib, turkiy tilda birinchi bo‘lib "Xamsa"ni yaratdi. "Xamsa" tarkibidagi asarlar:
"Hayrat ul-abror" – axloq va taqvo haqida.
"Farhod va Shirin" – halol mehnatning ulug‘ligi.
"Layli va Majnun" – ilohiy sevgi va tasavvufiy yuksalish.
"Sab’ai sayyor" – taqdir va sinovlar.
"Saddi Iskandariy" – ilm va adolatning ustunligi.
Bu asarlar orqali Hazrat Navoiy insonning ma’naviy kamolotga yetishi, hayotning sinovlariga sabr qilish va Allohga yaqin bo‘lish zarurligini ko‘rsatgan.
2.2. "Muhokamat al-lug‘atayn" va tilning sharaflanishi
Alisher Navoiy o‘zining "Muhokamat al-lug‘atayn" asarida turkiy tilning forsiy tildan boy va ifodali ekanini ilmiy jihatdan isbotlagan. Ular shunday degan:
"Kimki turkiy tilda go‘zal so‘z ayta olsa, unga forsiy til kerak emas."
Bu fikr Islom dinidagi har bir millat o‘z ona tilida Allohga xizmat qilishi kerak degan g‘oyaga ham mos keladi.
Qur’onda shunday marhamat qilingan:
"Qaysiki Payg‘ambarni yuborgan bo‘lsak, bayon qilib berishi uchun, o‘z qavmi tili ila yuborganmiz" (Ibrohim surasi, 4-oyat)
Shuning uchun ham Hazrat Navoiy ona tillarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan va biz bugungi yoshlar ham o‘z tilimizni hurmat qilishimiz lozim.
2.3. Tasavvuf va ilohiy muhabbat
Alisher Navoiy tasavvuf ilmini chuqur o‘rganib, o‘z asarlarida nafsni poklash, dunyoning foniyligi va Allohga muhabbat bilan bog‘lanish masalalarini ko‘p yoritgan:
"Ko‘nglingni dunyo ishi bilan qorama,
Zero Haq rozi bo‘lmas johil banda."
Demak, inson Alloh roziligi uchun yashasa, u dunyo va oxiratda baxtiyor bo‘ladi.
Navoiy va ilm-ma’rifatning jamiyatdagi o‘rni
Alisher Navoiy ilmli jamiyat taraqqiy etishini tushungan holda, quyidagi ezgu ishlarni amalga oshirgan:
Madrasalar, masjidlar va kutubxonalar qurdirgan.
Faqir va yetimlarga yordam bergan.
Adolatli davlat boshqaruvi tamoyillarini ilgari surgan.
Uning bu ishlari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning "Olimning obiddan fazli huddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi" degan hadislariga mos keladi.
Xulosa: Navoiydan bizga qanday ibrat bor?
Biz, Alisher Navoiyning ilm yo‘lidagi fidoyiligidan va diniy qarashlaridan ibrat olishimiz lozim. Uning bizga qoldirgan saboqlari quyidagilar:
Ilm olishga intilish va ilmni Alloh yo‘lida foydalanish.
Ona tilimizni hurmat qilish va boyitish.
Axloqiy poklik va adolatni targ‘ib qilish.
Nafs tarbiyasi va tasavvufiy yuksalishga intilish.
Navoiy aytganidek:
"Ilm ila ko‘ngling charog‘ qilg‘ay,
Bilim ahli yuksak bo‘lg‘ay."
Alloh taolo bizni ham Navoiyning ilmiy va axloqiy merosidan ibrat olib, ummatga foyda keltiruvchi ilm egalaridan bo‘lishimizni nasib etsin!
Zarifaxon Abduqahhorova,
Toshkent islom instituti talabasi