Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2025   |   7 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:13
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2025, 7 Rajab, 1446

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasining kasbdoshlarga MUROJAATI

1.04.2020   1981   2 min.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasining kasbdoshlarga MUROJAATI
Aziz kasbdoshlar!
 
Bugun insoniyat misli ko‘rilmagan og‘ir sinovni boshdan kechirmoqda. Ko‘z ilg‘amas qattol xatar barchaga birdek tahdid solmoqda. Oxirgi kunlarda zaminimizda sodir bo‘layotgan tashvishli voqealar har birimizdan hushyorlik, sabr-qanoatli bo‘lishni talab qiladi. Zero, “Koronavirus” deb atalmish ofat Allohning eng mukarram xilqati – inson hayotiga chang solmoqda. Bu ofat tufayli yuzlab odamlar qurbon bo‘lmoqda.
 
Voqealarning bunday rivoji umumiy dushmanga qarshi bir tan, bir jon bo‘lib kurashishni hayotiy zaruratga aylantirmoqda.
 
Tarix dalolat berganidek, ayni shunday sharoitlarda har qanday xalq va millat ma’naviyatining tub mohiyati ro‘yobga chiqadi, uning haqiqiy hikmati – donishmandligi o‘zini baralla namoyon etadi. Turli mamlakatlarda kechayotgan bugungi jarayonlar ushbu haqiqatni takror va takror isbotlamoqda. Tobora globallashib borayotgan bugungi dunyoda hech bir yurt va millat hayotning mazmun-mohiyatini belgilovchi umumiy jarayonlardan tashqarida qololmaydi. O‘zbekiston ham ushbu qonuniyatdan mustasno emas, albatta. Xalqparvar Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda vaziyat taqozo etayotgan zarur choralar ko‘rilmoqda. Umid qilamizki, ular ko‘zlangan ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi.
 
Lekin vujudga kelgan og‘ir vaziyatni yengish faqatgina davlatning ishi emasligi, balki umummilliy vazifa ekanini yaxshi idrok etishimiz lozim. Bugun Qur’oni karim hamda hadisi shariflarda tarannum etilgan va xalqimizning qonu joniga singib ketgan insonparvarlik va mehr-muruvvat kabi fazilatlarni namoyish etish pallasi keldi. Bizga rizq qilib berilgan ne’matlarning bir qismini xayr-ehson qilish va bir-birimizga naf keltirish eng oliy insoniy burchimizga aylandi.
 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va vujudga kelgan murakkab vaziyatda xalqimizning ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordamiga hissa qo‘shish ma’nosida jamoamiz a’zolari yakdillik bilan bir kunlik ish haqini koronavirusga qarshi kurashda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘maklashish uchun ta’sis etilgan Mehr-shafqat va salomatlik jamoat fondi hisobraqamiga o‘tkazishga qaror qildi.
 
Asrlar osha millat sarboni bo‘lib kelayotgan ziyoli kasbdoshlarimizni mazkur tashabbusga qo‘shilishga chorlaymiz!
 
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rajab - istig‘for oyi

6.01.2025   5471   2 min.
Rajab - istig‘for oyi

Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida istig‘for aytishni ko‘paytiring. Chunki bu oyning har bir soatida do‘zaxdan ozodlik bor” (Daylamiy rivoyati. Al-Firdavs (81/1. 247).

 

أَسْتَغْفِرُ اللهَ

O‘qilishi: “Astag‘firulloh”.

أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ

O‘qilishi: “Astag‘firulloha va atuubu ilayh”.


أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه

O‘qilishi: “Astag‘firullohallaziy laa ilaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi”.

 

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

O‘qilishi: “Robbig‘fir liy va tub ’alayya innaka antat tavvaabur rohiym”.

 

سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: “Subhaanaka va bihamdika astag‘firuka va atuubu ilayk”.

 

سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: “Subhaanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaha illaa anta astag‘firuka va atuubu ilayk”.
 

اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

O‘qilishi: “Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa’fu ’anniy”.

 

أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

O‘qilishi: “Allohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy”.

 

أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه

O‘qilishi: “Astag‘firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh”.

 

Davron NURMUHAMMAD