Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Detroyt Islom markazi Marokash xalqini qo'llab-quvvatlashga undamoqda

12.09.2023   1431   2 min.
Detroyt Islom markazi Marokash xalqini qo'llab-quvvatlashga undamoqda

Michigan shahridan minglab uzoqlikda joylashgan Detroyt Islom markazi Marokashda ro'y bergan kuchli zilzila oqibatida zarar ko'rgan insonlarga zudlik bilan yordam berish kerakligi munosabati bilan barcha xayriya tashkilotlarini qutqaruv va tiklash hamda u erdagilarni qo'llab-quvvatlashga undamoqda. Islomiy aloqalar tashkiloti AQSh tashkilotchilari bilan birga butun mamlakat bo'ylab mablag' yig'ish kampaniyasini o'tkazdilar.

Marokash xalqiga yordam berish uchun umummilliy mablag' yig'ish kampaniyasini yo'lga qo'ygan Islamic Relief AQSh bilan hamkorlik qilmoqda. Bu haqda clickondetroit.com nashri xabar berdi.

«Marokashda ko'p sonli musulmonlar istiqomat qiladi, bu erdagi insonlarning boshiga og'ir musibat tushganda ularni qo'llab-quvvatlashni dinimiz buyuradi», deydi AQShning Detroytdagi xodimi.

Amsterdamda Marokashdagi zilziladan zarar ko'rganlar uchun tashkil etilgan mablag' yig'ish jarayoni muvaffaqiyatli o'tdi. Shuningdek, tashkilot vaqtincha xayriya moratoriyini joriy qildi. 

Marokashda yuz bergan kuchli zilzila minglab odamlarning umriga zomin bo'lganidan bir necha kun o'tib, butun dunyo bo'ylab musulmonlar birdamlik bildirish uchun sa'y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

Vayronkor zilzila haqidagi xabar tarqalgach, Vindzor Islom uyushmasi muhtojlarga yordam berish uchun onlayn mablag' yig'ishni boshlab yuborganligi haqida ca.mohid.co manbasi xabar berdi.  

Eslatib o'tamiz, 2023 yil 8 sentyabr' kuni Marokashda ro'y bergan kuchli zilzila oqibatida taxminan 2100dan ortiq odam halok bo'lgani ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilingan. Muslim Hands, Islamic Relief, Penny Appeal va Muslim Aid kabi bir qancha islomiy xayriya tashkilotlari allaqachon xayriya uchun murojaat qilgan.

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Uzrli ayol pishirgan ovqat

16.06.2025   262   1 min.
Uzrli ayol pishirgan ovqat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ayol kishi uzrli paytida pishirgan ovqatni yeb bo‘lmaydi, shuning uchun bunday ayol ovqat tayyorlamasligi kerak, degan gap eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, dinimizda bunday ta’qiq mavjud emas. Hayz ko‘rgan ayol bemalol ovqat tayyorlashi, pishirishi mumkin. Ulamolar hayz ko‘rgan ayolga oid hukmlarni bayon qilarkanlar, ayol kishi xamir qorib, yopgan nonini, pishirgan ovqatini yeyish mumkin ekanini ta’kidlaganlar. Shuningdek, ayol kishi uzrli paytlarida, erkak yotoqni alohida qilib olishdan ham qaytarilgan. Ya’ni shariatimizda ayol kishining uzrli bo‘lib qolgani uchun undan jirkanilmaydi, tashlab qo‘yilmaydi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar