2020 yil 23 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan xavfsizlik va inson sog‘lig‘ini saqlash uchun bir qator muhim chora-tadbirlar belgilandi.
Pandemiya natijasida e’lon qilingan Karantin jarayonida O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham karantin e’lon qiladi, ish tartibi onlayn rejimga o‘tadi va aholining murojaatlarini onlayn shaklda qabul qiladi va belgilangan tartibda javob qaytaradi.
Karantin vaqtida asosiy ishga ta’sir etmagan holda xodimlar mehnat ta’tiliga chiqariladi, ayrimlari masofadan turib ishlash tartibiga o‘tadi. Qabulxona, bo‘limlar va xonalarda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Karantin jarayonida Diniy idora ishchi holatida o‘z ish faoliyatini olib boradi. Ta’kidlanganidek, so‘rovlar elektron va telefon orqali qabul qilinadi.
Fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasining umi-devon@umail.uz elektron manziliga murojaatlarini yo‘llashlari mumkin. Shuningdek, so‘rovlar quyidagi 78-150-64-40 telefon raqami orqali ham qabul qilinadi.
Shuningdek, mo‘min-musulmonlar diniy savollariga javoblarni fatvo.uz sayti, @SavollarMuslimUzBot telegram boti va 78-150-33-44 call-markaz orqali ham olishlari mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal
Xozirgi kunda eng saodatli kishi turli fitna-fasod ishlarga aralashmay yashayotgan inson desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Odamlarni tafriqaga soluvchi insonlarga yoki fasod chiqaruvchi da’vatlarga e’tibor bermay, yot g‘oyalarga qarshi chiqa oladigan ma’naviy immunitet hosil qilish davr talabidir.
“Yaqin orada fitnalar bo‘ladi. O‘sha chog‘da o‘tirib olgan odam tik turgandan yaxshiroqdir. O‘rnida jim tik turgan esa yurayotgan odamdan yaxshiroqdir. Yayov yurgan esa tez-tez yurayotgan odamdan yaxshiroqdir. Kim o‘sha fitnalarga e’tibor bersa uni fitna o‘ziga tortib ketadi. Kimki qutulishga joy topa olsa, o‘sha joyda fitnadan himoyalansin!” (Buxoriy va Muslim rivoyati). Modomiki, inson berilgan umrni g‘animat bilib, savobli ishlar bilan mashg‘ul bo‘lsa, yaxshi insonlar yo‘lidan yursa, ikki dunyoda saodatga erishadi.
Biz insonlik tabiatimiz bilan, bilgan-bilmagan narsalarga ergashib ketishimiz mumkin, lekin bu to‘g‘ri yo‘ldan adashib ketishimizga bahona bo‘la olmaydi,chunki Alloh aql va farosat bergan. Farosatli kishi fitnadan extyot bo‘ladi va uzoqda yuradi.
Alloh taolo Baqara sursini 191-oyatida “Fitna qatldan yomonroqdir” deb marhamat etadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarga mening sunnatimni va roshid xalifalarning sunnatini tutmoqlik lozimdir. Bas, uni mahkam tutinglar” deb marhamat qilganlar.
Namangan tumani "Beshkapa" jome masjidi
imom-xatibi Kamoldin Isaqov
Manba: @SOFTALIMOTLAR