Shu kunlarda yurtimizdagi masjidlarda jamoat namozlari vaqtincha o‘qilmay turgani sababli dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Namangan shahridagi “Imom Buxoriy” jome masjidida ham tashkil etilib, unda soha mutaxasislari masjid xonaqohi, hovlisi, masjiddagi mebellarni, shuningdek, taxoratxonalarni dezinfeksiya qilishdi. Masjid ayvoniga karonavirusdan saqlanish bo‘yicha taviyalar taxtachasi osib qo‘yildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bu kishi dardga chalingan bir kishining qulog‘iga nimanidir o‘qidilar. U sog‘ayib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning qulog‘iga nima deb aytding?» deganlarida, bu kishi: «Mo‘minun» surasining 115-oyatidan to oxirigacha» o‘qiganlarining xabarini berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror kishi mana shu oyatlarni ishonch bilan o‘qisa, tog‘ni ham maydalab yuboradi», dedilar" (Ibn Sunniy rivoyati).
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan