Navoiy viloyatidagi jamoat joylari, xususan, bozorlarda imom-xatiblar savdogar va xaridorlarga koronavirus sharoitida musulmon kishilarning vazifalari to‘g‘risida keng ko‘lamli tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.
Jumladan, Karmana tumani dehqon bozorida tuman bosh imom-xatibi tuman rahbariyati bilan birga savdogar va xaridorlarga koronavirus tarqalishida ehtiyot choralarini ko‘rish, vahima qilmaslik, balki unga munosib tayyorgarlik ko‘rish haqida, bunday holatda narx-navoni sun’iy oshirmaslik va bu orqali xalq o‘rtasida vahima ko‘tarib yuborilishiga sababchi bo‘lib qolmaslik, shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qilish, ayniqsa, jamoat joylarini ham har doimgidanda toza saqlash haqida tushuncha berdilar.
Shuningdek, Navoiy shahridagi “Sahovat” dexqon bozorida, Konimex tumani bozorlarida imom xatiblari ham ma’ruza qilishmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Savol: Masjidimizda tut, olma kabi mevali daraxtlar bor. Ular pishgan paytda, namozga kelganlar ulardan olib yeyishadi. Shu ish joizmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Masjid hovlisidagi mevali daraxtlar vaqf qiluvchi yoki daraxt ekkan shaxs tomonidan odamlarning umumiy foydalanishi uchun ekilgan bo‘lsa, odamlar bu daraxtlarning mevasini yeyishlari mumkin. Ammo agar bu daraxtlar masjid daromadi uchun ekilgan bo‘lsa, ya’ni ekkan odam “shu daraxtning mevalari mana shu masjid uchun daromad bo‘lsin” degan maqsadda ekkan bo‘lsa, yoki nima niyatda ekkani ma’lum bo‘lmasa, bu holatda ularni sotib, pulini masjid ehtiyojlariga sarflash zarur bo‘ladi. Shuning uchun, bu turdagi daraxtlarning mevalarini pulini to‘lamay yeyish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.