Kunlarning birida Ali roziyallohu anhu Umar roziyallohu anhuning uylariga kirdilar. Qarasalar hazrati Umar qattiq g‘azablanib o‘tirgan ekanlar. Ey mo‘minlarning amiri nega g‘azabdasiz? deb, so‘radilar. U kishi: men Huzayfa (roziyallohu anhu) dan qanday tong ottirding? deb, so‘radim. U esa: “Fitnani suyub, haqni yomon ko‘rib, tahoratsiz salovat aytib va men uchun yerda bo‘lgan narsa osmonda Allohda bo‘lmagan holda tong ottirdim”, dedi, dedilar.
Shunda Ali roziyallohu anhu kuldilarda va ey mo‘minlarning amiri to‘g‘ri aytibdi dedilar. Ey Hasanning otasi sen ham shunday deysanmi? dedilar. Ali roziyallohu anhu “Ha” dedilar. Umar roziyallohu anhu: qanday qilib, dedilar.
U, molini va farzandlarini yaxshi ko‘rgan holda tong ottirgan dedilarda, “Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz fitna (sinovdan boshqa narsa emas)” degan oyatni o‘qidilar. Tag‘obun 15-oyat.
Haqni yomon ko‘rib degani: bu o‘limdir. Ey mo‘minlarning amiri qay birimiz o‘limni yaxshi ko‘ramiz? dedilar.
Tahoratsiz salovat aytdim degani: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovat aytdim degani.
Yerda men uchun boru, osmonda Alloh uchun yo‘q degani: Unda jufti va farzandlari bor. Allohning jufti va bolalari yo‘qku, dedilar.
Sha’roviyning “Tafsir va Xavatirul Imom” kitobidan. 16-juz, 489-bet.
TII o‘qqituvchisi, “Shayx Zayniddin”
jome masjidi imom xatibi
Abdurahmanov Yahyo
Savol: Men begona joyda mehmonxonaga joylashdim. Shoshilib, e’tiborsizlik bilan namozni qiblaga teskari tarafga qarab o‘qib qo‘yibman. O‘qib bo‘lganimdan keyin tushundim, shu namozimni hukmi qanday bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda, siz namozingizni qaytadan o‘qishingiz lozim bo‘ladi. Chunki qibla qaysi tarafdaligini bilmagan odam, shu yerlik qiblani biladigan (musulmon, aqli raso, oshkor gunohlardan tiyilgan) kishidan so‘rab, namoz o‘qishi lozim. Agar shu holatda qiblani biladigan kishi topilmasa, kechasi odamlarning eshigini taqillatib yurmaydi. Balki bor imkoniyatini ishga solib, qiblani topishga harakat qiladi. Qalbi bilan bir tomonni qibla, deb qasd qilib namozini o‘qiydi. Garchi qiblani to‘g‘ri topolmagan bo‘lsa ham, uning namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi