Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyun, 2025   |   17 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
13 Iyun, 2025, 17 Zulhijja, 1446

Savob amallarga shoshilaylik!

25.02.2020   3525   2 min.
Savob amallarga shoshilaylik!

Savob arabcha bo‘lib, yaxshilik, ezgulik deganidir. Bu so‘z e’tiqodimizga ko‘ra, Allohning marhamatiga loyiq ish va shunday ish uchun Allohning marhamatiga sazovor bo‘lishdir. Insonning xatti-harakati va faoliyati yaxshilik va yomonlikdan iborat bo‘lib, bu dinimizda savob va gunoh deb ataladi. Dinimiz ko‘rsatmalarini bajarish, inson manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatish kabilar savob amallar hisoblanadi. Insonning nomai a’moliga ikki farishta vositasi bilan yozib boriladi. Oxiratda insonlarning savob va gunohlari tarozida tortilib, natijalar Allohning hukmiga havola etiladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarni xayrli ishlarni qilishga qiziqtirar va bu borada o‘zlari ularga namuna edilar. Demakki, har bir mo‘min solih bo‘lishi va solihlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat ne’matlariga erishish uchun xayrli amallarni qilishga shoshilishi lozim.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning maktablarida tarbiyalangan sahobalar buni yaxshi anglab yetgan edilar. Shuning uchun savob amallarni qilish borasida o‘zaro musobaqalashar edilar. Agar birodarlaridan orqada qolishsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib o‘zib ketish yo‘llarini so‘rab olardilar.

Qaranga, xayrli va savob amallarni qilishga intilgan sahobalar uy qurish, dabdabali hayot yoki boshqa narsalarda musoboqalashmas edilar. Ular savob amallarni qilishda kim o‘zarga kirishib ketar edilar.

Biz qanday savobli ishlarni qilsak Allohga manzur bo‘ladi. Bunday savobli ishlar qatorida quydagilarni aytishimiz mumkin:

  • Alloh buyurgan ishlarni qilish va qaytargan ishlaridan tiyilishlik;
  • To‘g‘ri so‘z bo‘lish;
  • Yolg‘on gapirmaslik;
  • Bir-biridan arazlashgan odamlarni yarashtirib qo‘yish;
  • Kasalni borib ko‘rish;
  • Qo‘shnisiga yaxshilik qilish;
  • Birovni og‘irini yengillatish;
  • Qiynalganlarga qarz berish;
  • Miskin va bechoralarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish;
  • Ota-ona xizmatini qilish;
  • Adashganga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish;
  • Kasb-korni halol qilish, birovni haqqiga xiyonat qilmaslik;
  • Salom berish;
  • Birovlarning aybini kechirish;
  • Ahli ayoliga yordamlashish;
  • Farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalash va ularga ilm o‘rgatish;
  • Hasharlarda ishtirok etish;
  • Tinchlik yo‘lida xizmat qilish;
  • Odamlarga manfaati tegadigan ishlar qilish;
  • Xayrli ishlar juda ko‘p. Faqat bu ishlarni qilishda savob umidida xolis bo‘lish eng muhim shart hisoblanadi.

Nurillo Djamalov

Namangan shahridagi “Yaxyoxon to‘ra” jome masjidi imom xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi

09.06.2025   8089   1 min.
Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari bilan xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida "Qurbon hayiti" (Eid al-Adha) munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. 
 

Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi. 
 

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan. 
 

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi. 
 

Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi Afg‘onistonga insonparvarlik yordami: 183 tonna oziq-ovqat Balx viloyatiga yetkazildi
O'zbekiston yangiliklari