Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari: «Jamiyat a’zolariga Allohni tanitishimiz zarur»

14.02.2020   3036   1 min.
Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari: «Jamiyat a’zolariga Allohni tanitishimiz zarur»

Kunning mulohazasi 

Hozirgina "Munosabat" ko‘rsatuvining navbatdagi soni namoyish qilindi. Nega bolalar, o‘smirlar, yoshlar tarbiyasiz? Nega yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘ldirilib yoki tiriklay tashlab ketilyapti? Nega ayol jazman erkak jazmanni pichoqlab o‘ldiryapti? Nega kelinlar uy ishlarini qilish, bolasini tarbiyalash o‘rniga seriallardan va telefonidan ko‘z uzmaydi? Nega qariyalarning qadri va o‘rni yo‘qolib boryapti? Nima qilish kerak, nega? degan savollar hurmatli Quddus A’zam tomonidan bir necha marta aytildi?

Haqiqatga yaqinroq javob ko‘rsatuvda ishtirok etgan Jasur domla tomonidan aytildi: Biz farzandlarimizga ilm berishimiz, diyonatni o‘rgatishimiz kerak va Quddus A’zamning o‘zi tez aytib o‘tdi: Islom dini chaqaloqlarni tiriklayin ko‘mishga chek qo‘ygan din bo‘ldi. Shunday qilib, nima qilish kerak? Bolalarimizni kitobga qaytarishimiz kerak, bolalarimiz (va kattalarimiz) albatta Allohdan qo‘rqishlari kerak, ya’ni noma’qul ishlarni qilishdan tiyilishlariga asos, qo‘rquv bo‘lishi kerak. Demak, jamiyat a’zolariga Allohni tanitishimiz zarur. Ikkinchi tomondan, qonunlarni o‘rgatishimiz, tushuntirishimiz kerak. Har ikkala holatda noma’qul ish uchun jazo muqarrarligini inson albatta bilishi, his qilishi kerak.

Shu o‘rinda, har haftada Umra ziyoratiga borib kelayotgan minglab (!) yurtdoshlarimiz hech bo‘lmasa o‘z yaqinlariga ma’naviy ruhiy poklanish nima, birovning haqini yemaslik, sabr, shukur, Allohdan qo‘rqish nima ekanini tushuntirib bersalar a’lo ish bo‘lar edi.

PS: Ayni damda televizorda aerobika to‘g‘risida ko‘rsatuv bo‘lyapti. Ko‘rsatuv bekasi "Men har kuni bir soat (?) milliy raqs va bir soat (?) aerobika harakatlarini bajaraman. Albatta bolalar tarbiyasiga vaqt topmaydi.

Shoazim Minovarov,
Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mo‘tadillik - saodat

04.07.2025   3845   2 min.
Mo‘tadillik - saodat

Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga o‘xshatadi.

Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.

Mutaassiblik turlaridan biri bu diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda, ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri bu, dinlararo muloqotga rahna solishdir.

Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralanadi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketish tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida  “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”, deb marhamat qiladi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar. 

Shunday ekan, bugungi kundagi ko‘plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa o‘rnida, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so‘zlarini keltirish bilan yakunlaymiz: “Islom mo‘tadil din bo‘lib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, e’tiqodda bir taraflama va g‘ayritabiiy bo‘lish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo‘sh qo‘yib yuborish ham yo‘q…”. 

Alloh ta’olo barchamizni haq yo‘ldan adashtirmasin.

Kosonsoy tumani "Sodod" jome masjidi imom-xatibi

Bahodir Mirfayziyev

Manba: @Softalimotlar

MAQOLA