Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida Islom instituti o‘qituvchisi ishtirok etdi

13.02.2020   2171   1 min.
Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida Islom instituti o‘qituvchisi ishtirok etdi

Shu yilning 8-13 fevral kunlari Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida 27- xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa mashhur Qur’on hofizlarini Alloh taoloning kalomi sharifiga ko‘rsatgan beqiyos xizmatlari uchun taqdirlashning yuksak namunasi sifatida taniqli mashhur Qur’on hofizi, marhum Shayx Abdulbosit Abdussomad nomi bilan ataldi. To‘rt yo‘nalishda o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada vakilimiz Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Valixon qori Azimboyev Qur’oni karimni tajvid qoidasi asosida to‘liq yoddan o‘qib berish bilan birga Qur’oni karimning lug‘aviy ma’nolarini ham bilishi yo‘nalishida qatnashdi. Musobaqa davomida 65 ta davlatdan kelgan yetuk qorilar o‘zaro raqobatlashdi.

Musobaqa ishtirokchilari uchun Misr Arab Respublikasining diqqatga sazovor joylariga ziyorat tashkil qilindi, unda ishtirokchilar Qohira shahrining markazida joylashgan Misr tarixiy muzeyiga tashrif buyurdilar. Ishtirokchilar Misr tarixi, uning asrlar osha madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

Xalqaro aloqalar bo‘limi

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida

12.07.2025   6097   2 min.
Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida

2025 yilgi Haj safarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida faol ish olib bormoqdalar. Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etib, tadbirga boshchilik qildi. “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Ishchi guruh uch yo‘nalishda faoliyat olib bordi. Jumladan:


– Hajdan qaytgan ziyoratchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi;

– 65 ta oilaga borilib, ma’naviy suhbat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi;

– 9 ta xonadondagi ruhiy-ma’naviy qiyinchiliklar o‘rganilib, maslahatlar berildi.

– Oilaviy kelishmovchilik sababli notinch bo‘lib turgan oilalarga suhbat va nasihatlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta arazlashgan oila yarashtirilib, 1 ta ajrimning oldi olindi;

– Sudlanganlar, jazo muddatini o‘tayotganlar hamda ularning oilalari bilan muloqot qilindi.

– Nogiron va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.


Tumanning Taptiqsaroy mahallasida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan xonadonni qayta ta’mirlash ishlari homiylar va hojilar ko‘magida boshlab yuborildi. Bosh imom-xatib Ubaydulloh domla ushbu xonadonga tashrif buyurib, muloqot qildi hamda tavsiyalar berdi.


Bundan tashqari, “Doimobod” mahallasidan bo‘lgan, nogironligi bor fuqaroning uyiga ham tashrif uyushtirilib, tugallanmagan uy qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazildi.


Peshin namozidan so‘ng Ishchi guruh tarkibidagi iqtidorli imom-xatiblar jamoatga ma’ruza qilib, tinchlik, osoyishtalik va xalq farovonligi uchun duo qildilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida
O'zbekiston yangiliklari