Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Sentabr, 2025   |   30 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:52
Quyosh
06:10
Peshin
12:21
Asr
16:33
Shom
18:24
Xufton
19:37
Bismillah
22 Sentabr, 2025, 30 Rabi`ul avval, 1447

Misr Arab Respublikasida o‘tkaziladigan 27- xalqaro Qur’oni karim musobaqasida vakilimiz qatnashadi

06.02.2020   2345   1 min.
Misr Arab Respublikasida o‘tkaziladigan 27- xalqaro Qur’oni karim musobaqasida vakilimiz qatnashadi

  Shu yilning 8-13 fevral kunlari  Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish  bo‘yicha  Misr Arab Respublikasining Qohira  shahrida  27- xalqaro   Qur’oni karim musobaqasi o‘tkaziladi.

   Mazkur  musobaqa  mashhur  Qur’on hofizlarini  Alloh taoloning kalomi sharifiga ko‘rsatgan beqiyos xizmatlari uchun taqdirlashning yuksak namunasi sifatida taniqli mashhur Qur’on hofizi, marhum Shayx Abdulbosit Abdussomad nomi bilan atalib, unda marhum Shayx Abdulbosit Abdussomadning oila a’zolari ham faxriy mehmon sifatida qatnashadi.     

   Mazkur musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi: 

  1. Qur’oni karimni tajvid qoidasi asosida to‘liq yoddan bilishi bilan birga Qur’oni karimning lug‘aviy ma’nolarini ham bilishi.
  2. Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qib berishi.
  3. Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qib berishi (Afrika davlatlari qorilari uchun).
  4. Qur’oni karimni to‘liq tajvid qoidasi bilan yoddan bilishi, o‘smirlar uchun (ishtirokchining yoshi 12 yoshdan oshmasligi kerak).

   Ma’lum qilinishicha, bu yilgi musobaqada taklif qilingan  65 ta davlatdan qorilar ishtirok etadi.    

    Yurtimizdan Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Valixon qori Azimboyev Qohira  shahrida bo‘lib o‘tadigan Shayx Abdulbosit Abdussomad nomli 27- xalqaro   Qur’oni karim musobaqasining birinchi yo‘nalishida qatnashishi uchun kecha Misr Arab Respublikasiga jo‘nab ketdi. Biz vakilimizga ushbu nufuzli musobaqada sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritishida Allohdan muvaffaqiyat va omadlar tilab qolamiz.     

                                                                                               

Xalqaro  aloqalar  bo‘limi

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Surxondaryoda o‘tgan amaliy tadbir samarali bo‘ldi

19.09.2025   9131   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati