Shu yilning 8-13 fevral kunlari Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida 27- xalqaro Qur’oni karim musobaqasi o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqa mashhur Qur’on hofizlarini Alloh taoloning kalomi sharifiga ko‘rsatgan beqiyos xizmatlari uchun taqdirlashning yuksak namunasi sifatida taniqli mashhur Qur’on hofizi, marhum Shayx Abdulbosit Abdussomad nomi bilan atalib, unda marhum Shayx Abdulbosit Abdussomadning oila a’zolari ham faxriy mehmon sifatida qatnashadi.
Mazkur musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:
Ma’lum qilinishicha, bu yilgi musobaqada taklif qilingan 65 ta davlatdan qorilar ishtirok etadi.
Yurtimizdan Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Valixon qori Azimboyev Qohira shahrida bo‘lib o‘tadigan Shayx Abdulbosit Abdussomad nomli 27- xalqaro Qur’oni karim musobaqasining birinchi yo‘nalishida qatnashishi uchun kecha Misr Arab Respublikasiga jo‘nab ketdi. Biz vakilimizga ushbu nufuzli musobaqada sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritishida Allohdan muvaffaqiyat va omadlar tilab qolamiz.
Xalqaro aloqalar bo‘limi
Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi "Rakat" jome masjidida ado etdilar.
Muftiy hazratlari juma namozidan oldin yig‘ilgan jamoatga mav’iza qilib berdilar. Musulmonning musulmonga ehtiromi mavzusida qilingan go‘zal suhbat davomida Alloh taolo inson zotini azizu mukarram etib, borliqdagi barcha narsani insonga xizmat qildirib qo‘ygani, shunday ekan, insonlar ham o‘zaro ahl-inoq, mehr-muhabbatli, bir-birlariga doimo yordamchi bo‘lib hayot kechirishlari dinimiz amri ekani eslatib o‘tildi.
Ma’ruza asnosida Qur’oni karim va hadisi shariflar keltirib o‘tildi. Jumladan, mashhur sahobiy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda bunday deyiladi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ka’ba atrofida tavof qilayotganlarini ko‘rdim. U zot Ka’baga qarab bunday der edilar: "Sen va sening hiding qanday ham go‘zal! Sen qanday ulug‘san va sening hurmating qanday buyuk! (Lekin) Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh nazdida mo‘minning hurmati sening hurmatingdan ham ulug‘dir" (Imom Ibn Moja rivoyati).
Musulmon kishining Alloh nazdidagi hurmati mana shunday baland ekan, o‘zaro hurmat-ehtiromi ham shunga monand bo‘lishi ta’kidlandi. Manfaatli suhbat yakunida butun dunyo musulmonlari, xususan, xalqimizning o‘zaro ahil-inoqligi bundan ham ziyoda bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati