Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Fevral, 2025   |   9 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:27
Peshin
12:42
Asr
16:06
Shom
17:51
Xufton
19:06
Bismillah
08 Fevral, 2025, 9 Sha`bon, 1446

Namoz saboqlari: Turli duolar (Audio)

22.01.2020   30208   2 min.
Namoz saboqlari: Turli duolar (Audio)

 Dasturxon duosi

«Alhamdulillahillaziy at’amana va saqona vaja’alana minal-muslimiyn».

Ma’nosi: «Bizni yedirib-ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin».

Farzand tilash duosi

«Robbi la tazarni fardav va anta xoyrul varisiyn».

Ma’nosi: «Parvardigorim! Meni (vorissiz) yolg‘iz qoldirma. (Agar voris bermasang ham) Sening O‘zing vorislarning eng yaxshisisan» (Anbiyo surasi, 89-oyat).

G‘azablanganda o‘qiladigan duo

«Allohummag‘fir liy zanbiy va azhib g‘oyzo qolbiy va ajirniy minash-shaytonir-rojiym».

Ma’nosi: Yo Alloh, gunohlarimni kechir, qalbimning shiddatini (g‘azabini, alangasini) ketkaz va meni shaytonning yomonligidan asra.

Shunda ham g‘azab ketmasa, imkon topilsa, tahorat olib ikki rakat namoz o‘qish, «Alam nashroh laka...» surasini tilovat qilish va yuqoridagi duoni takrorlash lozim.

 

Ko‘z tegishiga qarshi o‘qiladigan duo

Ko‘z tegishiga qarshi Fotiha surasi va «Oyatal kursi»dan so‘ng ushbu oyatlar o‘qiladi:

«Bismillahir rohmanir rohiym. Va in yakadullaziyna kafaru layuzliqunaka bi absorihim lamma sami’uzzikro va yaquluna innahu lamajnun. Va ma huva illa zik­rul-lil-’alamiin».

Ma’nosi: «Bas, Parvardigori uni (qaytadan payg‘ambarlikka) tanlab, solih (payg‘ambar)lardan qildi. Albatta, kofir bo‘lgan kimsalar Zikrni (Qur’onni) eshitgan vaqtlarida, Sizni ko‘zlari bilan (tikilib) yiqitayozurlar va «albatta, u majnun», – derlar. Holbuki, u (Qur’on barcha) olamlar uchun eslatmadir» (Qalam surasi, 51–52-oyatlar).

Sadaqa berayotganda...

«Robbana taqobbal minna innaka antas-sami’ul ’aliym».

Ma’nosi: «Ey Rabbimiz, bizdan uni qabul ayla, chunki Sen eshitguvchi va bilguvchisan».

Aksirgan kishiga javob duo

Aksirgan kishi, yonida biror odam bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, «Alhamdulillah» deydi. Janobi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) aksirgan kishiga yonidagilarning «Yarhamukalloh» (Alloh senga marhamat etsin) deyishini tavsiya qilganlar. Aksa urgan kishi esa «Yarhamukallohu va iyyakum va yag‘firu lana va lakum» (Alloh bizga ham, sizga ham rahmat aylasin, bizni ham, sizni ham afv etsin) yoxud «Yahdina va yahdiykumulloh» (Alloh bizni ham, sizni ham hidoyatga bosh­lasin) deydi.

 

O‘MI matbuot xizmati

Audio
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi

6.02.2025   4408   1 min.
Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi

Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va boshqa maqsadlarda borgan yurtdoshlarimiz bilan samimiy muloqot qilish, ular bilan dildan gaplashish, ma’rifiy suhbatlar qilib berish maqsadida ayni kunlarda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov mazkur mamlakatda bo‘lib turibdi.

Dastlab Moskva viloyati Odinsovo shahridagi "Monotek" mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish shirkatida ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan, so‘ngra Moskva shahridagi "AntYapi" mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish firmasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan samimiy muloqot qildi.

Vatandoshlarimiz ma’rifiy suhbatlar asnosida Abduqahhor domladan o‘zlarini qiziqtirgan diniy va boshqa mavzulardagi savollarga atroflicha javoblar oldi.

Bosh imom vatandoshlarimizga qayerda bo‘lsa ham yurtimiz sha’nini baland tutishni, aqidasi buzuq har xil oqimlarga qo‘shilib qolmaslik zarurligini alohida ta’kidladi. 

Xizmat safari  Sankt-Peterburg shahrida davom etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati

Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi
O'zbekiston yangiliklari