Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Aprel, 2025   |   25 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:32
Peshin
12:26
Asr
17:11
Shom
19:15
Xufton
20:35
Bismillah
23 Aprel, 2025, 25 Shavvol, 1446

Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumanidagi yog‘och uyda yuz bergan yong‘inda halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning oilalariga hamdardlik

21.01.2020   4773   1 min.
Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumanidagi yog‘och uyda yuz bergan yong‘inda halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning oilalariga hamdardlik

Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyati Asino tumanidagi yog‘och uyda yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 10 nafar fuqarolarimizning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etamiz. Halol mehnat qilib, ahli oila nafaqasi yo‘lida halok bo‘lgan ushbu yigitlarimizning oxiratlari obod bo‘lishini Haq taolodan so‘raymiz.
Ushbu fojiada halok bo‘lganlarning haqlariga duolar qilish, mag‘firat so‘rash va yaqinlariga tasalli berish insoniy burchimizdir. Inson qachon, qayerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo‘minning darajasi yuqori bo‘lishi aytilgan. Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g‘arq bo‘lib, o‘tda kuyib, tom ostida qolib vafot etsa, shahidlik maqomini topishi ta’kidlangan.
Mazkur yong‘inda vafot etgan yurtdoshlarmizning haqlariga duo qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini iltijo qilib so‘raymiz.
Halok bo‘lganlarning ahli baytiga Alloh taoloning qazoi qadarini rozilik ila qarshi olgan chinakam mo‘minlarning maqomini so‘raymiz, haqlariga duo qilib, samimiy hamdardlik bildiramiz. Parvardigorimiz qurbonlarni O‘zining rahmati va mag‘firatiga burkasin, ortlarida qolgan ahli bayti va farzandlariga sabru jamil bersin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xushxabar: Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

22.04.2025   3013   1 min.
Xushxabar: Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Buxoro viloyati hokimligining Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish takliflari ma’qullangan. 

Bu haqda 2025 yil 21 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  Farmonida bayon etilgan

Farmonga muvofiq, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazining asosiy vazifalari etib quyidagi vazifalar belgilangan:

a) buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish, yosh avlodni bag‘rikenglik hamda o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borish;

b) tasavvuf ta’limoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish, “Yetti pir” allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-ma’naviy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish;

v) naqshbandiylik ta’limotining ezgu g‘oyalarini tadqiq etish uchun ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, ko‘rgazma, seminar-trening, tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

g) tasavvuf ta’limotining ilmiy asoslangan g‘oyalarini targ‘ib qilish, soxta tariqatchilikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Alloh taolo ushbu markazning xalqimiz ilmu ma’rifati va yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

MAQOLA