Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

JAHOLATGA CHORLOVCHI G‘OYALARDAN OGOH BO‘LAYLIK

21.01.2020   1970   2 min.
JAHOLATGA CHORLOVCHI G‘OYALARDAN OGOH BO‘LAYLIK

 

 Dunyo yaralibdiki, tinchlik — osoyishtalik insoniyat uchun tengsiz ne’mat bo‘lib kelmoqda. Chunki, birinchi galda osuda hayot , yaratuvchan mehnat farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning ro‘yobi, eng avvalo, shu ne’matga bog‘lik. Biroq azaldan yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik kabi inson hayotiga rahna soluvchi ofatlar ham mavjud. Islom shara’tida umuman bo‘lmagan, islomga yot g‘oyalarning, bizning yurtimizga kirib kelishidir. Yovuz niyatli diniy ektremistik va terrorchi oqimlarning tarafdorlari, xalqimizning tinch-totuv hyotiga rahna solishga urinishmokda. Xususan, xorijiy davlatlarga ketayotganlarning ma’lum qismi shu oqimlarning ta’siriga tushishmoqda. Bu esa chet eldagi ko‘plab davlatlarning nazdida yurtdoshlarimizni shu oqimning asosiy vakillari sifatida ekanligi haqida noto‘g‘ri talqinlarni ham keltirishiga sabab bo‘lmokda. Vaholanki mamlakatimizda shu oqimga kirib ketgan insonlar, o‘z qilmishlariga pushaymon bo‘lib kechirim so‘rab qaytganlarni avf etishyapti.

Aynan shu kabi xalqimizga yot va yosh avlod uchun zararli bo‘lgan yot g‘oya va illatlarning salbiy ta’siridan yoshlarni muhofaza kilish maqsadida, ularni milliy g‘oyasi va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash, erkin fikrlaydigan, o‘z qarashlarida milliy g‘oyamizga tayangan, o‘z hatti-harakati, hayot tarzi bilan yashashga yoshlarni tarbiyalash oldimizdagi vazifalardir.

Bugungi kundagi yot g‘oyalarning aldovlariga aldanib o‘zi namoz nimaligini bilmaydigan, o‘z yurtini shanini toptab va oilasini yuzini yerga qaratib, o‘zlarining nima qilayotganini bilmaydigan kimsalar mana o‘shalar ilmsiz islom nimaligini, din nimaligini bilmaydigan kimsalardir. Mazkur illatlarning ortidan manfaat ko‘rayotgan ayrim kimsalar esa, dinni buzib talqin qilgan holda, dinni niqob qilib, buzg‘unchi va diniy aqidaparastlik g‘oyalarini ilgari surmoqda. Achinarlisi, bugungi kunda mazkur jinoyatlarning qurboniga aylanayotganlarning asosiy qismini, yoshlar tashkil qiladi. Sababi hali oq-qorani ajrata olmaydigan, dunyoqarashi shakllanmagan o‘g‘il — qizlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirish, birmuncha oson. Yurtimizda inson sha’ni, qadr-qimmati yuksak e’tiborda. Bizning vazifamiz, mazkur illatlar tasiriga tushib qolmasligi uchun, dini islomni chuqurroq yetkazish va o‘rganishdir.

M.To‘rayev

Gurlan tuman «Qora Alam bobo» jome masjidi imom-noibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Qur’oni karimni o‘qishdan seni nima chalg‘itdi?!”

11.07.2025   9773   3 min.
“Qur’oni karimni o‘qishdan seni nima chalg‘itdi?!”

Xolid ibn Valid roziyallohu anhu yoshlari o‘tib, keksayib qolgan chog‘larida Mus'hafi sharifni olib, yig‘lab turib shunday der edilar: “Jihodlar bilan ovora bo‘lib seni o‘qiy olmay qoldik”.

Bu qandayin go‘zal uzr! Xo‘sh, biz o‘zimizni nima deb oqlaymiz?! Xolid ibn Valid roziyallohu anhu shundayin gap aytdilar, ammo biz nima deymiz?! Qiyomat kunida “Qur’oni karim o‘qishdan seni nima chalg‘itdi?!” – deb so‘ralsak, nima deb javob beramiz?! Toki u bizni zararimizga emas, foydamizga hujjat bo‘lishi uchun ko‘ksimizga bosib, kechayu kunduz tilovat qilib bormaymizmi?! Axir Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taoloning zikrini lozim tut, Qur’oni karim tilovatida mahkam bo‘l. Chunki bu sening osmondagi ruhing, yerdagi zikringdir” [1], deganlar.

Quroni karim oyatlarini tadabbur qilmasdan, ma’nolari haqida fikr yuritmagan holda, hech qanday tushunchasiz ko‘p tilovat qilish asosiy maqsad emas. Agar inson bir necha oyatni tadabbur qilsa, tafsir kitoblariga murojaat etsa yoki tafsir darslariga qatnashsa, ma’nolarni o‘zlashtirsa va ularga amal qilsa, bu ishi o‘sha inson uchun ulkan yaxshilik, xayr-baraka bo‘ladi.

Imom  G‘azzoliy hazratlari bunday deydilar: “Qur’on siz so‘rashingiz mumkin bo‘lgan va u sizning so‘rovlaringizga javob bera oladigan tirik Rasuldir. Siz unga quloq solsangiz, u sizni qondiradi”.

Qalblari iymon nuri ila qorishib ketgan zotlar uchun, albatta, Qur’onda shifo bordir. Yana Qur’oni karimda sarosima, shaytoniy vasvasalar, nafsu havoga ergashishdan saqlovchi shifo bor. Qur’on o‘qigan paytimizda bizni farishtalar qurshab oladi va ular ham bizga qo‘shilib Rahmon bo‘lgan Zotning oyatlariga quloq tutadi. Samo farishtalari tuni bilan Qur’onga qoim bo‘ladigan yer farishtalariga yaqinlashadilar. Endi ayting-chi, odamlar uxlayotgan paytda, tun qorong‘usida biz Qur’on tilovat qilyapmizmi?! Yeru osmonlar Robbi bizga quloq soladigan darajada  oyatlarini tilovat qilyapmizmi?!

 Alloh taoloning shifo oyatlari quyidagilardir:

«...Va mo‘min qavmlarning ko‘ngillariga shifo beradir» (Tavba surasi, 14-oyat).

«Ey odamlar! Sizga o‘z Rabbingizdan mav’iza, ko‘ksingizdagi narsaga shifo, mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus surasi, 57-oyat).

«Biz Qur’onni mo‘minlar uchun shifo va rahmat o‘laroq nozil qilurmiz...» (Isro surasi, 82-oyat).

«...U iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir...» (Fussilat surasi, 44-oyat).

«...Unda (asalda) odamlar uchun shifo bordir...»  (Nahl surasi, 69-oyat).

«Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning O‘zi» (Shuaro surasi, 80-oyat).

 Qur’oni karimni tilovat qilish, eshitish, amal qilish va har bir ishda undagi hukmlarga tayanib ish ko‘rishdan chetlashmang!

Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Imom Ahmad rivoyati.

 

 

Maqolalar