Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2025   |   17 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:34
Bismillah
12 Iyul, 2025, 17 Muharram, 1447

Namoz saboqlari: Uydan chiqayotganda va uyga kirayotganda o‘qiladigan duo (Audio)

20.01.2020   12451   1 min.
Namoz saboqlari: Uydan chiqayotganda va uyga kirayotganda o‘qiladigan duo (Audio)

Uydan chiqayotganda...

«Bismillahi tavakkaltu ’alallohi, va la havla va la quvvata illa billah».

Ma’nosi: «Alloh nomi ila, Allohga tavakkal qilgan holda... Harakat va quvvat Allohning irodasisiz bo‘lmas» (Abu Dovud. «Adab», 5094-hadis).

 

Uyga kirayotganda...

Allohumma inniy as’aluka xoyrol-mavlaji va xoyrol-maxroji bismillahi valajna va bismillahi xorojna va ’alallohi Robbina tavakkalna.

Ma’nosi: «Yo Alloh, Sendan kirayotganim va chiqayotganim joylarning yaxshisini so‘rayman. Allohning nomi ila kirdik, Allohning nomi ila chiqdik. Rabbimiz Allohga tavakkul etdik».

 

O‘MI matbuot xizmati

Audio
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   617   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.

Maqolalar