«Allohumma inniy a’uzu bika minar-rijsil-xobisil-muxbisi minash-shaytonirrojiym».
Ma’nosi: «Yo Alloh, iflos va yomon narsalardan va quvilgan shaytonning yomonligidan asrashingni so‘rayman».
Hojatxonadan chiqqanda...
«Alhamdulillahillaziy azhaba anniy ma-yu’zini va amsaka ’alayya ma yanfauniy, g‘ufronaka robbana va ilaykal-masir».
Ma’nosi: «Mendan aziyat beruvchi narsani ketkazib, foydalisini qoldirgan Allohga hamd bo‘lsin. Yo Alloh, Sening mag‘firatingni so‘rayman. Ey Rabbimiz, qaytishimiz Sengadir».
O‘MI matbuot xizmati
Shayx Abu Ali Termiziy rivoyat qiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim ushbu duoni har bir namoz ortidan o‘qisa, albatta olim bo‘ladi", dedilar. Duo budir:
“Robbi zidniy ’ilman, va vassi’ liy rizqan. Va barik liy fiyma rozaqtaniy. Vaj’alniy mahbuuban fiy quluubi ’ibadika va ’azizan fiy ’uyunihim. Vaj’alniy vajiyhan fid dunya val axiroti va minal muqorrobiyn.
Ya kasiyron navvaal, ya hasanal fi’aal, ya qoiman bilaa zavaal! Ya mubdi’an bilaa misaal! Lakal hamdu va lakal minnatu va lakash sharafu ’alaa kulli haal!”.
Ushbuni u zot shayx Ibrohim Zamzamiyning xati bilan “An nafasul yamaaniy”da zikr qilganlar.