«Assalamu ’alaykum ya ahlal-qubur. Yag‘firullohu lana va lakum, antum salafuna va nahnu bil-asari».
Ma’nosi: «Assalomu alaykum, ey qabr ahli. Alloh bizni va sizlarni mag‘firat etsin. Sizlar bizdan oldin kelgansiz, biz ham sizning ortingizdan kelamiz».
O‘MI matbuot xizmati
Hishom ibn Hasan Hasan Basriy rahimahullohga dedi: “Men Qur’onni o‘rganaman, bu vaqtda onam meni kechki ovqatga kutib o‘tiradilar”, dedi.
Hasan Basriy rahimahulloh unga: “Sen onang bilan ovqatlanib uning ko‘zini quvnatishing, mening nazdimda nafl haj qilganingdan ko‘ra suyukliroqdir!” dedi.
Ibn Javziyning “Birrul validayn” asaridan.