Homilador ayol tibbiy muolajalardan o‘tish bilan birga, diniy vazifalarni ado etishi va fursat topishi bilan «Oyatal kursi» va «Sharh» surasini, so‘ng bu duoni o‘qishi maqbuldir:
«Allohumma a’tina sihhatan va ’afiyatan va avladan solihin va rizqon vasi’an va du’a’an maqbulan».
Ma’nosi: «Yo Alloh, bizga sog‘liq va ofiyat ber. Xayrli farzandlar ehson et. Mo‘l rizq ber, duoimni qabul ayla».
O‘MI matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Haqiqatda, imom Abu Hanifa Rasuli Mustafoga ergashgan sahobalaridan ba’zilarini ko‘rgan, uning ko‘rgani sahihdir va bu guruhning soni yetti nafardir va shu sabab sharafdir.
Anas, Jobir, Ma’qal ibn Yasor shuningdek, Vosila ibn Asqo’ – vafo egasi. Shuningdek, Abdulloh ibn Unays, u ibn Jaz’i deb ham tanilgan. Oisha bilan yakunlayman, udir binti Ajrad. Ular asrlarning eng yaxshisidan, poklik egalaridan edilar
Sharq muftiysi, Burhonuddin Ibrohim ibn Hasan Mulla Ahsoiy yozgan.
Izoh: Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh tobeinlardan hisoblanadilar. U zot: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning as’hoblaridan yettitalari bilan ko‘rishdim. Ular: Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Jaz’i Zubaydiy. Jobir ibn Abdulloh, Ma’qal ibn Yasor, Vosila ibn Asqo’, Oisha binti Umar va Abdulloh ibn Unaysdir”, deganlar.