«Tafsiri Hilol» dasturining Android qurilmalari uchun yangi nashrida audio tinglash imkoniyati qo‘shildi. Yangi 2.0 nashr dasturiga quyidagi yangiliklar kiritilgani ma’lum qilindi. Bu imkoniyatlar quyidagilardir:
– Audio tinglash imkoniyati qo‘shildi;
– Mashhur qorilar Mahmud Halil Xusoriy, Muhammad Siddiq Minshaviy, Mishariy Roshid al-Afasiy, Abdurrohman Sudays qorilar tilovati;
– Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tomonidan o‘qib berilgan «Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi» audiosi.
Dasturdan foydalanishda qiroatlarni tinglash uchun ro‘yxatdan o‘tish kifoya ekani ma’lum qilingan.
Shuningdek, hatcho‘p qo‘shish joyi ham o‘zgardi va har bir oyatni o‘z qatoridan turib hatcho‘pga qo‘shishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, dasturimizdan iOS, Windows, Linux(Ubuntu) hamda MacOS jihozlarda foydalanish mumkin.
«Tafsiri Hilol» dasturini barcha jihozlar uchun yuklab olish
(http://e-hilolnashr.uz/tafsirihiloldownload)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.
So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi", dedilar.