Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2025   |   12 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:29
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2025, 12 Ramazon, 1446

Imom-xatiblar munosib nomzodlarga ovoz bermoqdalar

22.12.2019   1953   1 min.
Imom-xatiblar munosib nomzodlarga ovoz bermoqdalar

Bugun, 22 dekabr mamlakatimizda muhim voqelik: xalq vakillariga, ya’ni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlarga saylov kuni.
Saylovlarda ishtirok etish – har bir fuqaroning qonun bilan kafolatlangan huquqi sanalib, bunda kishi yurt taqdiri yo‘lida o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi tamoyillari mujassamdir.
Barcha yurtdoshlarmiz qatori imom-xatiblar, diniy soha xodimlari ham mazkur jarayonda faol qatnashib, yurt kelajagi, xalq ravnaqi yo‘lida o‘zlari munosib topgan nomzodlarga ovoz bermoqdalar.
Yuqori saviyada tashkil etilayotgan yangi saylovlar adolat va haqqoniylikda o‘tib, jamiyatimiz rivoji yo‘lida ko‘plab xayrli tashabbuslarni amalga oshiruvchi vakillarni taqdim etishiga tilak bildiramiz.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

10-ju'z: Anfol 41-oyatidan Tavba 93-oyatigacha

12.03.2025   198   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

"...hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo‘lgan Kitob (Qur’on)ni nozil qildik" (Nahl surasi, 89-oyat).

Valixon qori Azimbayev,
Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi. 

 

Videolavhalar