Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

Hadis ilmi maktabida xorijlik malakali o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini olib borishadi

13.12.2019   2145   2 min.
Hadis ilmi maktabida xorijlik malakali o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini olib borishadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solgan hadis maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish, hadis va unga doir ilmlarni chuqur o‘zlashtirgan yetuk mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Samarqand viloyatida Hadis ilmi maktabi tashkil etilgan edi.

Prezidentimizning joriy yilning 11 yanvar kuni Hadis ilmi maktabida tashrifi davomida maktab faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida bir qancha topshiriqlar barilgan etdi. Jumladan, maktabda ta’lim jarayonlarida olib borish uchun nufuzli xorijiy ta’lim muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb etish muhimligi ta’kidlangan edi.

Joriy yilning 12 dekabr kuni Hadis ilmi maktabiga dunyoning nufuzli ta’lim muassasasi hisoblanadigan Misr Arab Respubpublikasining Al-Azhar universitetidan 2 nafar malakali o‘qituvchilar Hadis va unga doir ilmlar bo‘yicha Al-Azhar universitetining Tanto shahridagi Magistratura bo‘limining Usulud din kafedrasi mudiri, DcS, prof. Mahmud Abdulloh Abdurrahmon hamda Arab tili fanidan Al-Azhar universiteti Arab tili fakulteti Balog‘at va munozara ilmi kafedrasi mudiri, DcS, prof. Ali Saad Ali Saad dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida muhtaram mehmonlar maktab rahbariyati hamda o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Mehmonlarga maktabning tashkil etilishi maqsadi va undan kelajakda kutilayotgan natijalar, mutaxassislik o‘quv rejasidagi fanlarning xususiyatlari va mutaxassislik o‘quv rejasini dunyoning yetakchi ta’lim muassasalari va islom olamidagi nufuzli ulamolar tomoindan e’tirof etilganligi, o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar haqida ma’lumot berildi.

Xorijlik o‘qituvchilar Hadis ilmi maktabi o‘qituvchi va talabalari uchun davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yaratib berilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekanlar, bu Yurt o‘z davrida barcha ilmlarda bo‘lgani kabi islom ilmlarida ham markaz bo‘lganligi, diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning ilmiy meroslarini o‘rganish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida albatta ushbu joydan kelajakda dunyoni larzaga keldiradigan ulamolar yetishib chiqishini va unga o‘z hissalari qo‘shidishidan mamnunliklarini birdirishdi.

Dars mashg‘ulotlarila xorijdan jalb qilingan o‘qituvchilarga barcha qulayliklariga ega xizmat yularini kalitlari topshirildi.

 

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Safarga ketdilar...”

04.07.2025   15770   2 min.
“Safarga ketdilar...”

Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:

– Haliyam uylanmadingmi?

– Yo‘q, – dedi u.

– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?

– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...

– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..

– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.

Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:

“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:

– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:

– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...

Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.

Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.

Akbarshoh RASULOV