*** HAYZ, NIFOS VA ISTIHOZA ***
Ayollardan uch xil qon keladi:
Hayz. Balog‘atga yetgan va iyos (hayzdan qolish) yoshiga to‘lmagan ayolning bachadonidan hech qanday kasallik yoki homiladorliksiz har oyning ma’lum kunlarida keladigan qondir. Ayol ellik besh yoshida iyos yoshiga yetgan hisoblanadi. Hayz muddatining kami uch, ko‘pi o‘n kundir.
Nifos. Ayollardan tug‘ishdan so‘ng keladigan qondir. Muddatining ko‘pi qirq kundir, kami uchun ma’lum chegara belgilanmagan.
Istihoza. Ayollardan hayz paytida uch kundan oz va o‘n kundan ko‘p muddatda, nifosda esa kirq kundan so‘ng ham (tomir yorilishi tufayli) keladigan qondir.
*** Tuhr (hayzdan poklanish) muddati ***
Ikki hayz orasidagi poklanish muddati kamida o‘n besh kundir. Eng ko‘p muddati belgalanmagan. Faqat istihoza qoni kelayotganida balog‘atga yetgan ayolning hayz muddati o‘n kun, poklanish holati o‘n besh kun, nifos muddati esa kirq kun qilib belgilanadi.
*** Hayz va nifos paytida qilish harom bo‘lgan amallar ***
Hayz va nifos paytida ushbu sakkiz amalni qilish harom:
*** Poklanish nima bilan tamomlanadi? ***
Hayzning (o‘n kun), nifosning (qirq kun) muddati o‘tgach, g‘usl qilmasdan jinsiy aloqa kilish joizdir.
Hayz va nifosning eng ko‘p muddati o‘tmay turib, ayolning doimiy odati bilan qon to‘xtasa, g‘usl yo tayammum qilib, namoz o‘qimaguncha yoki namoz uning zimmasida qarz bo‘lmagunicha, jinsiy aloqa qilishi mumkin emas. Buni shunday tushunish kerak: ayol hayzi to‘xtagach, g‘usl qilib namoz o‘qishi uchun yetarli yo oshiqcha vaqt kechsa ham g‘usl yoki tayammum qilmay shuncha vaqt o‘gkazganidan so‘ng eri bilan jimo qilishi mumkin.
*** Farzlarning qazosi ***
Hayz yoki nifos qoni to‘xtagach, ayol (Ramazonda bo‘lsa) ro‘zasining qazosini tutib beradi. Qazo bo‘lgan namozlarini o‘qimaydi.
*** Junub kishiga harom bo‘lgan amallar ***
G‘usl qilguncha beshta narsa harom bo‘ladi:
Izoh: G‘ilof Qur’oni karimga yopishgan bo‘lmay, faqat uni muhofaza qilish uchun qo‘llanadigan sumka, mato, xaltachaga o‘xshash narsalardir. Bular Qur’oni karimga yopiishmagani uchun, ular orqali Qur’oni karimni ushlash joiz. Ammo Qur’onning jildi Qur’oni karimdan bo‘lgani uchun, uni g‘ilofsiz ushlash joiz emas.
*** Tahoratsiz kishi uchun harom bo‘lgan amallar ***
Tahoratsiz kishiga quyidagi uch amalni qilish haromdir:
*** Istihoza va shunga o‘xshash narsalarning hukmlari ***
Istihoza burundan to‘xtovsiz qon oqishi kabi holat bo‘lib, namoz o‘qish, ro‘za tutish va jinsiy aloqa qilishga mone’lik qilmaydi. Istihozali ayol huddi siydigini tuta olmagan yoki davomli ichi ketayotgan kishidek uzrli hisob lanib, har bir namoz vaqti kirgach, tahorat qiladi va xohlaganicha farz yoki nafl namoz o‘qishi mumkin. Uzrli kishilarning tahorati namoz vaqti chiqishi bilan buziladi.
Izoh: Bu hukm Imomi A’zam, roziyallohu anhu, va Imom Muhammadga ko‘radir. Ya’ni uzrli kishi bomdod namozi uchun qilgan tahorati bilan faqat bomdod namozini o‘qiydi. Tahoratni buzuvchi boshqa sabab bo‘lmasa ham, quyosh chiqishi bilan uning tahorati buziladi. Imom Abu Yusufga ko‘ra, uzrli kishining tahorati namoz vaqti kirishi bilan ham, chiqishi bilan ham buziladi. Bunga ko‘ra, uzrli kishining quyosh chiqqanidan so‘ng qilgan tahorati peshin vaqti kirishi bilan buziladi.
Imomi A’zam va Imom Muhammadga ko‘ra esa, uzrlining tahorati namoz vaqti kirishi bilan buzilmaydi. Imom Zufarga ko‘ra, uzrlining tahorati faqat namoz vaqti kirishi bilan, ya’ni bamdod namozi uchun qilgan tahorati, quyosh chiqishi bilan emas, balki peshin namozi vaqti kirishi bilan buziladi.
*** Odam qachon uzrli hisoblanadi? ***
Uzrga sabab bo‘lgan holat boshlanganidan so‘ng to‘la bir namoz vaqti o‘tgunicha hech to‘xtamay davom etsa, kishi uzrli hisoblanadi.
*** Davomiylik sharti ***
Uzrning davomiylik sharti dastlab boshlangan paytda bir namoz vaqtini to‘la qamrab olgach, keyingi namoz vaqtida bir marta bo‘lsa ham yana ro‘y berishidir. Uzrning nihoyasiga yetishi, ya’ni uzrli holatdan chiqish sharti, bir
vaqt namoz muddatida to‘liq uzrdan xoli bo‘lish, ya’ni uzrsiz o‘tkazishdir.
*** Najosat va najosatdan poklanish ***
Najaslar ikki xil bo‘ladi: najasi g‘aliza, najasi xafifa.
Aroq, oqqan qon, o‘lib qolgan hayvon go‘shti va oshlanmagan teri, go‘shti yeyilmaydigan hayvonlarning siydigi, it va yirtyich hayvonlar axlati, so‘lagi, tovuq, g‘oz hamda o‘rdak axlati, inson vujudidan chiqqan tahoratni buzuvchi (qon, maniy, maziy, vadiy kabi) narsalar najasi g‘aliza hisoblanadi.
Ot va go‘shti yeyiladigan hayvonlarning siydigi hamda go‘shti yeyilmaydigan (lochin, kalxat) qushlarning axlati kabilar najasi xafifa deyiladi.
Najasi g‘alizaning dirham miqdori quyuq najosatlarda 3,2 gr. va suyuq najosatlarda esa ochiq qo‘l kaftining suv turadigan qismiga teng miqdor yoyilishidir. Najasi xafifa kiyim va badanning to‘rtdan biridan oz miqdoriga yoyilsa, namozga mone’ emas. Igna uchi qadar mayda bo‘lgan siydik tomchisining ham zarari yo‘q.
Harom to‘shak yoki tuproqda yotgan kishining terisi yoki oyog‘ining nami bilan ho‘l bo‘lib, oyoq yoki badanda najosat asorati ko‘rinsa, badan va oyoq harom bo‘ladi. Aks holda harom bo‘lmaydi. Siqilganida suv chiqmaydigan darajada nam bo‘lgan harom kiyimga o‘ralgan pok va quruq kiyimlar ham harom bo‘lmaydi.
Quruq, iflos joyga yoyilgan nam kiyimlar ham yer undan nam bo‘lib qolsa-da, nopok bo‘lmaydi. Najas narsa ustidan esayotgan shamol kiyimga tegsa ham, uni iflos qilmaydi. Faqat kiyimda biror asorati qolsa, iflos bo‘ladi.
*** Najosat tekkan narsalar qanday tozalanadi? ***
Qonga o‘xshash ko‘rinib turgan najas bir marta yuvib tashlash bilan ketkaziladi. Batamom ketkazish qiyin bo‘lib, iarsalarda najosat asorati (rang, hid kabi) qolsa, zarari yo‘q. Siydikka o‘xshash aniq ko‘rinmaydigan najosatlar uch marta yuvish va har bir yuvishdan so‘ng siqib tashlash bilan ketkaziladi.
Libosga, badanga tekkan najaslar suv, sirka, gul suvi kabi suyuqliklar bilan yuvib poklanadi.
Mahsi va shunga o‘xshash narsalar unsurli najosatdan nam bo‘lganida ham yerga yoki tuproqqa surtish bilan, qilich (pichoq) va unga o‘xshash narsalar esa, artib tozalash bilan poklanadi.
*** Yerning tozalanishi ***
Iflos bo‘lgan yer yuzasi quyosh yoki shamol ta’sirida qurib, ustidagi najosat asorati yo‘qolgach, poklangan hisoblanadi. Bunday joyda namoz o‘qish joiz. Faqat u tuproqka tayammum qilib bo‘lmaydi. Zero, tayammumda tuproq (najosatdan) pok bo‘lishi shart. Shuningdek, yerda o‘sib turgan daraxt va o‘tlar ham ustidagi najosat qurib yo‘qolgach, toza hisoblanadi.
*** Boshqa holga o‘tish bilan poklanish ***
Iflos bir narsa chirishi yoki yonib kul bo‘lishi bilan mohiyati o‘zgarsa, poklangan hisoblanadi. Libos yoki badanda qurib qolgan maniy qirib tashlansa, pok bo‘ladi. Agar qurimagan bo‘lsa, yuvib tozalanadi.
* O‘lik hayvonlarning terisi va shunga o‘xshash narsalarning poklanishi *
Inson va to‘ng‘izdan boshqa, go‘shti yeyilmaydigan o‘lik hayvonlarning terisi achchiqtosh, tuz va shunga o‘xshash dorivorlarni sepish orqali haqiqiy ma’noda, tuproq surish yoki quyoshda quritish orqali esa hukmiy ma’noda oshlash bilan poklanadi.
Izoh: O‘lik fil terisi ham oshlansa, halol. Chunki fil hukman vahshiy hayvonlar sirasiga kiradi. Zero, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, fil tishidan yasalgan taroq qo‘llagan edilar.
Go‘shti yeyilmaydigan hayvonlarning terilari, shar’iy so‘yish («Bismillah» aytish) bilan pok bo‘ladi. Go‘shtlari esa shar’iy so‘yilsa ham, halol bo‘lmaydi.
Qon bormaydigan soch, tirnoq, shox va yog‘i bo‘lmagan suyakka o‘xshash a’zolar, hayvon o‘lgach, nopok hisoblanmaydi. Ammo asab tolalari nopokdir. Kiyikning mushkxaltasi, mushkning o‘zi kabi pokdir, yeyilishi joiz. Yovvoyi mushukning mushki ham pok bo‘lib, uning hushbo‘y hididan sepgan kishining namozi durustdir.
Takrorlash uchun savollar
KЕYINGI MAVZULAR:
NAMOZ KITOBI:
Vojib bo‘lishining shartlari;
Vojib bo‘lishining sababi;
Namoz vaqtlari;
Ikki farz namozning birga (jam’) o‘qilishi;
Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari;
Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar;
Nafl va sunnat namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar;
Azon va takbirning hukmlari;
Azon;
Arabchadan boshqa tilda azon aytish;
Muazzinga oid mustahab amallar;
Azonning makruhlari;
Qazo namozlarida azon;
Azon eshitilganda nima deyiladi?
Namozning shartlari;
Namozning ruknlari;
Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga o‘xshatadi.
Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.
Mutaassiblik turlaridan biri bu diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda, ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri bu, dinlararo muloqotga rahna solishdir.
Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralanadi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketish tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”, deb marhamat qiladi.
Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar.
Shunday ekan, bugungi kundagi ko‘plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa o‘rnida, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so‘zlarini keltirish bilan yakunlaymiz: “Islom mo‘tadil din bo‘lib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, e’tiqodda bir taraflama va g‘ayritabiiy bo‘lish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo‘sh qo‘yib yuborish ham yo‘q…”.
Alloh ta’olo barchamizni haq yo‘ldan adashtirmasin.
Kosonsoy tumani "Sodod" jome masjidi imom-xatibi
Bahodir Mirfayziyev
Manba: @Softalimotlar