Bir kunda besh mahal (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o‘qish har bir musulmonga farzdir.
BOMDOD NAMOZI
Bomdod namozi tong otgandan to quyosh chiqqunicha o‘qiladi. Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz, jami to‘rt rakatdir. Farz amalni (namozni) ado etgan kishi oxiratda savobga erishadi, uni ado etmagan kishi azoblanadi. Sunnat amalini ado etgan kishi ulkan savobga erishadi.
Bomdod namozining ikki rakat sunnati bunday o‘qiladi:
«Ka’baning bir tarafiga yuzlanib shu vaqt bomdod namozining ikki rakat sunnatini xolis Alloh taolo uchun o‘qishni niyat qildim», deb ko‘ngildan o‘tkaziladi (1–2-rasmlar).
«Allohu akbar», deb erkaklar qo‘llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi (3-rasm), ayollar qo‘llarini yelka barobarida ko‘taradilar (4-rasm).
Erkaklar qo‘llarini bog‘lab, o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l kafti ustiga qo‘yib, o‘ng qo‘lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo‘l bilagini ushlab kindik ostida tutishadi (5-rasm). Ayollar o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustida tutib, qo‘llarini ko‘krakda tutishadi (6-rasm). Bu hol «qiyom» deyiladi. (Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab turiladi).
Qo‘llar bog‘langach, ichda o‘zi eshitadigan darajada sano o‘qiladi: Subhanakallohummavabihamdikavatabarokasmukavata’alajaddukavalailahag‘oyruk.
Ma’nosi: «Yo Alloh! Senga hamd aytib barcha ayblardan pokligingni yod etaman. Isming ulug‘dir. Ulug‘liging hamma ulug‘lardan ulug‘dir. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir».
Sanodan so‘ng ichida «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym», deyiladi va Fotiha surasi o‘qiladi.
FOTIHASURASI
Alhamdu lillahi robbil ’alamiyn. Ar-rohmanir rohiym. Maliki yavmiddiyn. Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn. Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotollaziyna an’amta ’alayhim. G‘oyril mag‘zubi ’alayhim valaz-zolliyn. (Fotiha surasidan keyin ovoz chiqarilmasdan “Amiyn” deyilishi kerak.
Ma’nosi: «Hamd olamlarning Rabbi – Allohgakim, (U) Mehribon, Rahmli va jazo (va mukofot) kunining (qiyomat kunining) egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz. Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga yo‘llaginki, u Sen in’om etgan zotlarning yo‘li (hidoyat yo‘li) bo‘lsin, g‘azabga uchragan va adashganlarning emas!»
Fotiha surasidan so‘ng bir (zam) sura o‘qiladi. (Zam – qo‘shimcha).
Ma’nosi: «(Ey Muhammad!) Albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik. Bas, Rabbingiz uchun (besh vaqt yoki Qurbon hayiti uchun) namoz o‘qing va (tuya) so‘yib qurbonlik qiling! Albatta, g‘animingizning o‘zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».
Zam sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Ya’ni erkaklar egilib tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab orqalarini tekis qilib turadilar (7-rasm). Ayollar salgina egiladilar. Tizzalarini biroz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar (8-rasm).
Rukuda uch marta «Subhanarobbiyalaziym» (Ulug‘ Rabbim barcha nuqsonlardan pokdir), deyiladi.
Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» (Alloh hamd aytganlarning hamdini eshitadi), deb qad rostlanadi, bu holat «qavma» deyiladi.
So‘ng sajdaga borishda «Allohu akbar» degan holda qadni bukmay, tizzalar yerga tekkiziladi va qo‘llar, so‘ng peshona va burun yerga tekkiziladi, sajda qilinadi. Qo‘llar barmog‘i jipslashtirilib quloqqa yaqin qo‘yiladi. Sajda qilinayotganda oyoq panjalari yerdan ko‘tarilmaydi, qiblaga qaratiladi, erkaklar tirsaklarini yerga, qorinlarini soniga tekkizmaydi. Sajdada burun yumshoqlariga qaraladi (11-rasm). Ayollar tirsaklarini yerga tekkizadi (12-rasm). Sajdada uch marta tasbeh: «Subhana robbiyal a’la» (Ulug‘ Rabbim barcha nuqsonlardan pokdir), deyiladi.
Uch marta tasbeh aytilgach, «Allohu akbar» deb sajdadan boshni ko‘tarib cho‘kka: chap oyoqni to‘shab o‘ng oyoq panjasini qiblaga qaratib o‘tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi (13–14-rasmlar). Jalsada qo‘llar, barmoqlar uchi tizzada bo‘lib, jipslashtirilmay songa qo‘yiladi.
Erkaklar chap oyoqlari ustiga o‘tirib, o‘ng oyoq panjalarini qiblaga qaratadi (15-rasm). Ayollar oyoqlarini o‘ng tarafdan chiqarib o‘tiradilar (16-rasm).
Biroz o‘tirilgach, yana «Allohu akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhona robbiyal a’la», deyiladi (17–18-rasmlar).
Uch marta tasbeh aytgach, ikkinchi rakatga «Allohu akbar», deb turiladi (19–20-rasmlar). Turishda avval peshona, so‘ng ikki qo‘l va oxiri ikki tizza yerdan ko‘tariladi.
Ikkinchi rakatga turganda, ichida «Bismillahir rohmanir rohiym» aytiladi va Fotiha surasi o‘qiladi. Fotiha surasidan so‘ng yana bir (zam) sura o‘qiladi.
So‘ng: «Allohuakbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhanarobbiyalaziym», deyiladi (21–22-rasmlar).
Uch marta tasbeh aytilgach, «Sami’allohu liman hamidah», deb qad rostlanadi va «Robbana lakal hamd», deyiladi (23–24-rasmlar).
So‘ng «Allohuakbar», deya sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhanarobbiyala’la», deyiladi (25–26-rasmlar).
So‘ng «Allohuakbar», deya sajdadan bosh ko‘tariladi va cho‘kka o‘tiriladi (27–28-rasmlar).
Biroz o‘tirgach, yana «Allohuakbar», deya ikkinchi sajdaga boriladi. Sajdada uch marta: «Subhanarobbiyala’la», deyiladi (29–30-rasmlar).
So‘ng «Allohuakbar», deya sajdadan bosh ko‘tarilib (31–32-rasmlar) cho‘kka o‘tiriladi. Bu o‘tirish qa’da deyiladi. Qa’dada ko‘krakka qarab o‘tiriladi. Bu qa’dada tashahhud, salavot va duo o‘qiladi:
O‘MI matbuot xizmati
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING
Boshqa maqolalar
Maqolalar
“Sivilizatsiya markazida Usmon Mus'hafining joy olishi Islom olami e’tiborini jalb etadi”