Bugun 14 noyabr kuni Boku shahrida Ikkinchi Boku dunyo diniy yetakchilarining sammiti boshlanadi. Mazkur xalqaro nufuzli tadbirga juda katta tayyorgarlik ko‘rilgan.
Dunyoning 60 dan ziyod mamlakatidan 350 nafardan ortiq taniqli ulamolar, mashhur muftiylar, professor-olimlar, yetuk ekspertlar, davlat va din arboblari hamda turli konfessiya yetakchilari kelgan.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ham ishtirok etmoqda.







O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlardan birida sahobalari oldiga chiqib: “Sizlarga kimning iymoni ko‘proq manzur?”, dedilar.
Ular: “Farishtalarning iymoni”, deb javob berishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Axir ular Robbi huzurida bo‘la turib qanday iymon keltirmasin?”, dedilar.
Sahobalar: “Unday bo‘lsa payg‘ambarlarning iymoni”, deyishdi.
Rasululloh alayhissalom: “Ularga vahiy tushgan bo‘laturib iymon keltirmasliklari mumkinmi?” dedilar.
Sahobalar: “Unday bo‘lsa o‘zimizning iymonimiz”, deyishdi.
"Rasululloh sizlar bilan birga bo‘la turib qanday iymon keltirmaysizlar?" dedilar.
Sahobalar: “Unda kimning iymoni, yo Rasululloh?”, deb so‘rashdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir qavm borki, ular mendan keyin kelishadi. Meni ko‘may turib yaxshi ko‘rishadi. Ularning oldida faqat Kitob (Qur’on) turadi. Unga iymon keltiradilar va amal qiladilar. Ana o‘shalar ulug‘ ajr egalaridir”, dedilar.
Abdulatif ABDULLAYEV