Toshkent shahri Uchtepa tumani “Said Vaqos ota” jome masjidi imom-xatibi Foziljon domla Ubaydullayev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi jome masjidlarda ko‘p yillar xizmat qilgan Rahimberdi domla Rahmonov Toshkent shahri Shayxontahur tumani “Kamolon” dahasidagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Ushbu imom-xatiblarning ish faoliyatlarida Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#xabar #haj2025
Shu yil 12 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiliklaridagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon ona diyorimizga yetib keldilar.
Nurli yuzi, quvnoq ko‘zida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilar jamoasini taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida ehtirom ila kutib olishdi.
Hojilarimiz muborak zaminda Haq taoloning farzi – Haj amalini chiroyli ado etib, sog‘u salomat o‘z yurtiga yetib kelganlari va yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun shukronalar aytish barobarida el-yurt haqqiga xayrli duolar qilishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati