Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida ISHID terrorchilik tashkilotining bo‘linmalari butunlay yo‘q qilingan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Masud Andrabiy ma’lum qildi, deb yozmoqda (https://daryo.uz/k/2019/11/11/afgoniston-hukumati-mamlakat-hududida-ishidning-tor-mor-etilganini-malum-qildi/) «TASS».
«ISHID jangarilari mag‘lubiyatga uchradi va Afg‘onistonda butunlay tor-mor etildi», — deya ta’kidlagan Andrabiy mamlakat janubida joylashgan Nangarxar viloyatidagi politsiya boshqarmasi yangi rahbarini tanishtirayotgan vaqtda so‘zlagan nutqida. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ISHIDning kichik bo‘linmalari Afg‘oniston hukumati kuchlariga taslim bo‘lmoqda, mamlakatning boshqa hududlariga qochishga urinayotgan jangarilari esa maxsus operatsiyalarda davlat harbiy kuchlari tomonidan yo‘q qilinmoqda.
Shuningdek, Masud Andrabiy mahalliy aholi ham muntazam armiya kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgani va xorijning hech bir terrorchilik tashkilotiga Afg‘onistonda o‘z pozitsiyasini mustahkamlashiga aslo yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.