O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining yetakchi “Al-Riyada” va “Al-Jazira” gazetalari bosh muharrirlari Xani Vafo va Holid bin Hamad al-Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Ular O‘zbekistondagi jurnalistlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, davlat muassasalari axborot xizmatlarining faoiliyatining butkul yangicha tarzda yo‘lga qo‘yilishiga yuqori baho berishdi.
Ushbu nashrlar rahbarlari ularni keyinchalik “Al-Riyada” va “Al-Jazira” gazetalarida chop etish uchun xabar yangiliklar almashinuvi bo‘yicha O‘zbekiston OAVlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorliklarini bildirishdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, avvalroq Saudiya Arabistonining ushbu yetakchi nashrlari O‘zbekiston vakillarining “Haj-2019” mavsumidagi ishtiroki haqida bir qator maqolalar e’lon qilishgan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat