Riga shahridagi qabristonni tozalash uchun turli millat vakillaridan iborat musulmonlar jamoasi hashar tashkil etdilar. Butundunyo tatarlari kongressi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili Latviyadagi ikki musulmonlar qabristonida obodonlashtirish ishlari tashkil etiladi.
"Chishma" madaniyati jamiyati tashabbusi bilan tashkil etiladigan hasharda o‘zbeklar, hindlar, latishlar, russlar va olmonlar ishtirok etishgan.
Ma’lumot uchun, Latviyada 2012 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, janoza namozlarini islom dini talablariga mos shaklda o‘tkazishga ruxsat berilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan