Namoz saboqlari: Tahoratning farzlari, sunnatlari va uni buzadigan hollar (Audio)
02.11.2019
9224
1 min.
TAHORATNING FARZLARI
- Yuzni peshonaning sochlar chiqqan joyidan iyak ostigacha va ikki quloq orasidagi qismini yuvish.
- Qo‘llarni tirsaklari bilan birga qo‘shib yuvish.
- Boshning to‘rtdan biriga mas'h tortish.
- Oyoqlarni to‘piqlari bilan qo‘shib yuvish.
TAHORATNING SUNNATLARI
- Misvok ishlatish. Og‘izni yuvganda misvok ishlatish sunnatdir.
- Avval qo‘llarni uch marta yuvish.
- Og‘izni va burunni chayish.
- Soqol orasini, qo‘l hamda oyoq barmoqlari orasini xilol qilish.
- Avval o‘ng, keyin esa chap taraf a’zolarini yuvish.
- Yuz, qo‘l va oyoqni uch martadan yuvish.
Tahoratdan so‘ng:
“Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la sharika lah va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rosuluh” deb aytish.
Ma’nosi: “Allohdan boshqa ibodat qilishga haqli iloh yo‘q. Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Uning bandasi va elchisi ekaniga iqrorman”.
“Allohummaj’alniy minat-tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn”.
Ma’nosi: “Yo Alloh, meni tavba qiluvchi va poklanuvchi bandalaringdan qil”.
TAHORATNI BUZADIGAN HOLLAR
- Badanning biror joyidan qon yo yiring chiqib, chiqqan joyi atrofiga yoyilishi;
- Og‘iz to‘lib qusish;
- Ikki yo‘ldan yel yo biror narsa chiqishi;
- Milk qonaganda tupuk rangi qizil bo‘lishi;
- Hushdan ketish;
- Namoz o‘qiyotib yonidagi odam eshitadigan darajada kulish;
- Yotib, yonboshlab va ortni yerga tekkizmay suyanib uxlash.
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING