Duo – eng ulug‘ ibodat. Hadisi sharifda “Duo ibodatning mag‘zidir” deyilgan. Inson boshiga tushgan mushkulning arishi, qarzdan qutulishi, bemorlikdan tuzalishi, ishi yurishishi, oila qurishi, safardan omon qaytishi va boshqa hojatlari ravo bo‘lishida duo qilish muhimdir. Zero, u shu duosi orqali Alloh taologa munojot qilib, Undan yordam so‘raydi. Duo qilishda boshqa sabablarni ham amalga oshiradi. Ayniqsa, ko‘pchilikning yoki insonlarning bir-birlari haqlariga qilgan g‘oibona duolari tezroq ijobat bo‘lishi umid qilinadi.
Abu Dardo roziyallohu anhu shunday deydilar, Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Qaysi bir musulmon o‘zining birodariga g‘oibona duo qilsa, bir Farishta: “va laka bimisl” – “Senga ham duoying mislicha bo‘lsin” deb turadi”, deganlarini eshitdim (Imom Muslim rivoyati).
Boshqa rivoyatda esa: “Musulmon kishining o‘z birodariga qilgan g‘oibona duosi mustajob duodir. Uning bosh tomonida muvakkal bir farishta bo‘ladi, birodarining haqqiga har duo qilganida: “Amin! Va laka bimisl” deb turadi”, dedilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Muslim.uz sayti jamoasi tomonidan “Duo qilaylik!” nomli yangi loyiha boshlanganini ma’lum qilamiz. Endi siz so‘ramoqchi bo‘lgan duoingizni https://t.me/DuoQilaylikBot ushbu manzilga yozib yuborishingiz mumkin. Biz duolaringizni umumlashtirib, Muslim.uz saytida haftaning har payshanba kunlari soat 17:00 da, ya’ni Payshanba kuni tugab, Jum’a kuniga o‘tar mahalida e’lon qilamiz. Albatta, e’lon qilingan duolarni o‘qigan muxlislarimiz “Omin!” deyishadi. Bu esa duo ijobat bo‘lishining bir necha shartlarini o‘zida mujassam etadi.
Alloh taolo barchamizning duolarimizni ijobat aylab, O‘zining hidoyatidan ayirmasin! Omin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Yahyo domla RAZZOQOV,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi.
00:00 Anons
00:30 Qarz olish va berishning shariatdagi hukmi qanday?
02:30 Qur’on va hadislarda qarz haqida qanday ta’kidlar keltirilgan?
06:55 Qarz berish savobli amalmi? Qarz berish bilan sadaqa berish o‘rtasida qanday farq bor?
11:00 Shariatda qanday holatlar uchun qarz olishga ijozat beriladi va taqiqlanadi?
12:43 Qarz berishda qanday shart va odoblarga rioya qilish kerak?
16:28 To‘yona ham qarzmi?
19:44 Qarz berishda yozma kelishuv va guvohlar kerakmi? Bu haqda Qur’onda nima deyilgan?
21:27 Qarz muddatini belgilamasdan berish joizmi?
23:04 Qarz berganda foiz (ribo) qo‘yish haqida shariatda nima deyilgan?
27:55 Naqd pul qarz olganda, plastikda yoki boshqa pul birligida qaytarish mumkinmi?
28:31 Qarzdor qarzini uzishga qanchalik mas’ul? Agar qarzni o‘z vaqtida qaytarmasa, gunohkor bo‘ladimi?
30:41 Qarzdor vafot etsa, qarzi kim tomonidan to‘lanadi?
34:03 Qarzga foiz qo‘shish (ribo) Islomda nima uchun qat’iyan man qilingan?