Aziz muslim.uz sayti muxlislari! Sizlarga taqdim qilmoqchi bo‘lgan yangi “Yetti kunga yetti kitob” loyihasida haftaning har bir kunida dunyodagi mashhur kitoblarning o‘zbek tildagi tarjimalari, diyorimizdagi ulamolar tafsiri va boshqa kitoblari, siyrat, fiqh, aqida, tasavvufga doir eng sara kitoblarning elektron ko‘rinishini tartib bilan o‘quvchilar e’tiboriga taqdim etib boriladi.
Qo‘yib boriladigan kitoblar mavzulari:
1. Qur’on
2. Hadis
3. Aqida
4. Fiqh
5. Siyrat
6. Tasavvuf
7. Muhim mavzular
O‘qiguvchilarimizga manfaat yetkaza olsak xizmatimizdan behad mamnunmiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.