Sankt-Peterburg jome masjidining ikkinchi qavatidagi zalda keng miqyosdagi ta’mirlash-tiklash ishlari olib boridayotgani vva ushbu ishlar o‘zining mantiqiy yakuniga yetib qolgani ma’lum qilindi.
Ushbu bosqichda masjidning tarixiy parketlari tiklanib, zalning ayanchli holati yaxshilanmoqda. Masjidning ochilish marosimi 2019 yil noyabr oyi boshlarida o‘tkazilishi rejalashtirilganligi ma’lum qilingan.
Ushbu masjid Rossiya shimoliy poytaxtining eng yirik islomiy obidalaridan biri ekanligi, ushbu restavratsiya ishlari tarixiy yodgorlikni saqlab qolish maqsadida amalga oshirilayotgani aytilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Alloh azza va jalla (farishtalarga) aytadi: «Bandam biror yomonlikka shaylansa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta yomonlik yozinglar. Agar biror yaxshilikka shaylansa-yu, uni qilmasa, bitta yaxshilik deb yozinglar. Agar uni qilsa, o‘nta (yaxshilik) yozinglar» (Imom Muslim rivoyati).