Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyun, 2025   |   18 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
14 Iyun, 2025, 18 Zulhijja, 1446

Umringiz qanday o‘tyapti?

26.09.2019   4732   2 min.
Umringiz qanday o‘tyapti?

Inson umri aziz va bebaho ne’matdir. Alloh taolo insonning ona qornida inson shakliga kelganda, bir maxsus farishta yuborib, unga ruh kirgizish va to‘rt narsani peshonasiga bitishni buyuradi:

  1. Shu dunyodagi rizqu nasibasi nimalardan iborat ekani;
  2. Necha yil umr ko‘rib, qachon dunyodan o‘tishi;
  3. Qiladigan yaxshi va yomon amallari;
  4. Baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi.

***

Hasan Basriy hazratlari demishlar: “Quyoshning har botishida bir parcha kamayishing bor...”

***

Imom ibn Javziy rahmatullohi alayh inson umrini besh mavsumga bo‘ladilar:

  1. Sabiylik, norasidalik. Bu mavsum go‘daklikdan to 15 yoshga yetguncha o‘tadigan umrdan iboratdir.
  2. Yigitlik, o‘smirlik mavsumi. Buning intihosi to 35 yoshga to‘lguncha.
  3. O‘rta yoshlik mavsumi. Buning miqdori to 50 yoshga yetguncha.
  4. Keksayish mavsumi. Buning intihosi to 70 yoshga kirguncha.
  5. Qarilik davri. Bunga 70 yoshdan keyingi umr kiradi.

***

      Yoshlik – toshqin suv, sug‘oradigan ekiningizni sug‘orib qolmasangiz, o‘tib ketadi. Keyin keksalik ko‘zoynagini taqib, igna bilan quduq qazishdan ish chiqmaydi.

Abdulla Qahhor

***

Donishmandlar shunday o‘git beradilar:

Bir odamning yoshi qirqdan oshsa-yu, yaxshi amallari yomonidan ortiq bo‘lmasa, bunday kishi fursatni qo‘ldan boy bermay yaxshiliklar sonini ko‘paytirishga kirishishi zarur. Aks holda jahannamga hozirlik ko‘raversin...

***

Abu Barza Aslamiydan rivoyat qilingan hadisda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Qiyomat kuni bandaning ikki qadami to undan umridan – uni nimada o‘tkazgani, ilmidan –u bilan nima qilgani, molidan –uni qayerdan kasb qilgani va nimaga sarf qilgani, jismidan –uni nimada qaritgani haqida so‘ralmaguncha joyidan jilmaydi”

Olimlarning bu borada o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, o‘rtacha 75 yil umr ko‘rgan insonning umri davomida turli ishlarga qancha vaqt sarflashi aniqlangan. Unga ko‘ra: 15 yil atrofidagi vaqt bolalik va o‘smirlik bilan o‘tadi. Agar bir sutkada 8 soatdan uxlasa, 25 yil umri uyqu bilan o‘tadi. Agar bir sutkada 8 soat kasb kor bilan mashg‘ul bo‘lsa, 25 yil umri ishlashga sarflanadi. Agar bir sutkada 3 mahal ovqatlansa, har ovqatlanishga yarim soatdan vaqt sarflansa, 4 yarim yildan ortiqroq umr ovqatlanishga sarflanar ekan.

 

Saidabror Umarov tayyorladi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Masjiddagi mevalarni yeyishning hukmi

13.06.2025   3287   1 min.
Masjiddagi mevalarni yeyishning hukmi

Savol: Masjidimizda tut, olma kabi mevali daraxtlar bor. Ular pishgan paytda, namozga kelganlar ulardan olib yeyishadi. Shu ish joizmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Masjid hovlisidagi mevali daraxtlar vaqf qiluvchi yoki daraxt ekkan shaxs tomonidan odamlarning umumiy foydalanishi uchun ekilgan bo‘lsa, odamlar bu daraxtlarning mevasini yeyishlari mumkin. Ammo agar bu daraxtlar masjid daromadi uchun ekilgan bo‘lsa, ya’ni ekkan odam “shu daraxtning mevalari mana shu masjid uchun daromad bo‘lsin” degan maqsadda ekkan bo‘lsa, yoki nima niyatda ekkani ma’lum bo‘lmasa, bu holatda ularni sotib, pulini masjid ehtiyojlariga sarflash zarur bo‘ladi. Shuning uchun, bu turdagi daraxtlarning mevalarini pulini to‘lamay yeyish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.