2019 yil 12 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari Islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan ilmiy faoliyatni qayta tiklash va rivojlantirish borasidagi ishlarni jadallashtirish maqsadida, O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.
Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarining mas’uliyatli va sharafli yangi vazifalarida Alloh taboraka taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
8 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar.
Muloqotda so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, ayniqsa, haj va umra ibodatlarini uyushtirish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida qayd etildi. Xususan, “Haj – 2025” mavsumi har jihatdan muvaffaqiyatli o‘tgani, mutasaddilar sa’y-harakati bilan hojilarga yuqori darajada sharoit va imkoniyatlar hozirlangani, o‘zbekistonlik ziyoratchilar tartib-intizomi, odob-axloqi bilan barchaga namuna bo‘lib, risolagidek toatu ibodat qilganlari e’tirof etildi.
Uchrashuvda tomonlar kelgusida ham diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, Haj va Umra ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirib borish kabi masalalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, hamkorlikda o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbirlar yuzasidan o‘zaro fikr-mulohaza almashildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati