Cavol: Men vitr namozini kechani oxirida o'qiyotgan edim, uchinchi rak'atga turganimda, bomdod namoziga azon aytildi. Mening vitr namozim durust bo'ladimi yoki qaytadan o'qiymanmi?
Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.
Shu holatda o'qilgan vitr namozi durust hisoblanadi. Bu haqda manbalarda bunday zikr qilingan: “Vaqtlik namozni o'qib turganida, ushbu namozning vaqti chiqib ketsa, namoz buzilmaydi. Shunisi eng to'g'risidir. Ushbu namoz ado, ya'ni vaqtida o'qilgan bo'ladi, qazo qilingan bo'lmaydi. “Zohidiyning qazo bobi”da eng to'g'ri gap shudir deyilgan. Ammo bundan bomdod namozini o'qiyotganida vaqtning chiqishi mustasno bo'lib, zero, u holatda bomdod namozi buziladi” (“Jomi'ur-rumuz” kitobi).
Shunga ko'ra, bir farz yoki vojib namozini o'z vaqtida o'qib turganida, mazkur namozning vaqti chiqib ketsa, ushbu namoz buzilmaydi va o'z vaqtida o'qilgan hisoblanadi. Faqat to'rtta holat bundan istisno qilingan:
Ushbu to'rtta holatdan tashqari hollarda bir farz yoki vojib namozini o'qib tursa, mazkur namozning vaqti chiqib ketsa, ushbu namoz durust va o'z vaqtida o'qilgan sanaladi. Ammo shuni ham ta'kidlash joizki, namozni uzrsiz oxirgi vaqtiga qadar kechiktirish gunoh sanaladi. Har bir namozni o'z vaqtida o'qish farzdir. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.
Onamiz Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam ruqya o‘qimoqchi bo‘lsalar, ko‘rsatgich barmog‘iga tupuklarini tekkizardilar. So‘ng uni tuproqqa bosar, barmoqqa yopishgan narsani bemorga surkab, ushbu duoni: “Bismillaahi, turbatu arzina, biriyqati ba’dinaa, yushfaa saqiymunaa, biizni Robbinaa” aytar edilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Duoning tarjimasi: “Yerimizning tuprog‘i, ba’zimizning tupugi, Robbimizning izni ila kasalimizga shifo ber”.
Imom ibn Qoyyim rahimahulloh: “Ushbu holat buni inkor etgan yoki uni masxara qilgan yoki e’tiqod qilmagani holda faqatgina tajriba qilib ko‘rgan kishigagina foyda bermaydi”, dedilar (“Fathul Boriy” dan).