Shu yilning 7-11 sentyabr kuni Qur’oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Saudiya Arabistonining Makka shahrida 41 xalqaro Qur’oni karim musobaqasi o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:
Ma’lum qilinishicha, bu yilgi musobaqada 103 ta davlatdan 146 nafar vakillar ishtirok etadi.
Yurtimizning 2 nafar vakili Toshkent islom instituti talabasi Husniddinov Zuhriddin qori va Buxoro shahridagi “Mir Arab” oliy madrasasi talabasi Orifjonov Abduraufxon mazkur musobaqada ishtirok etish uchun shu yilning 3 sentyabr kuni Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi
#Xushxabar #Ilmiy_faoliyat
Toshkent islom instituti Kengashi tavsiyasiga binoan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi dots.nti v.b. Abduqodir Pardayev, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dots.ntlari v.b. Behzod Soipov va Nozima Ibragimova Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dots.nt ilmiy unvonini qo‘lga kiritdilar.
Ushbu muhim voqea munosabati bilan dots.nt attestati Toshkent islom instituti rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un domla G‘afurov tomonidan tantanali ravishda ustozlarga topshirildi. U.G‘afurov ustozlarga kelgusi ilmiy ishlarida ham katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Abduqodir Pardayev “Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot” ixtisosligi, Behzod Soipov “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosligi va Nozima Ibragimova “Islom tarixi va manbashunosligi” bo‘yicha dots.nt unvoniga erishib, institutning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz!
Toshkent islom instituti
Matbuot xizmati