Ba’zi ota-onalar qorindagi bola o‘g‘ilmi yoki qiz ekanligini bilishga harakat qilaveradilar. Buning uchun ultratovush tadqiqoti (UZI) qildiradilar. Natija ular xohlaganicha chiqmasa (Alloh saqlasin!), xossatan, qiz bo‘lgan holatda homilani nobud qildirishdan ham tap tortmaydilar. Shu tarzda o‘zlarini o‘ta nodon ekanliklarini isbotlaydilar. Chunki, qanchalik ilmiy tadqiqot bo‘lmasin, ular gumonga asoslanadilar. Biror turli aniq qaror bera olmaydilar. Shuning uchun sizga aytilgan narsa, aksi bo‘lib qolishi ham mumkin.
Farzandlar borasida faqat Allohning xohishiga rozi turishdagina omonlik va xotirjamlik bor. Qiz tug‘ilganida uning onasiga yomon muomala qilishlik sababli yana Alloh taoloning la’nati va g‘azabi yog‘ilib qolmasin. Quyida bir ibratli hayotiy voqeaga diqqat qiling:
Kashmirning bir mintaqasida bir shaxsning beshta qizi bor edi. Oltinchi marta farzand tug‘ilishi kutilayotgan edi. Er ayoliga ayoliga: agar bu safar ham qiz tug‘sang, u holda seni yangi tug‘ilgan qizing bilan birga o‘ldiraman, dedi. Muborak ramazon oyining uchinchi oxirgi kechasida yana qiz tug‘ildi. Tong paytida qizning onasi dod-voy qilishiga qaramasdan, zolim ota o‘zining guldek hayot qizini yog‘och qozonchaga solib o‘choqda yoqib yubordi... Birdaniga yog‘och qozoncha yorildi va o‘sha zahoti daxshatli zilzila sodir bo‘ldi. Zolim ota baqraygancha yer ostiga g‘arq bo‘ldi. Uni yer yutib yubordi... Qizning onasi yarador holatda saqlanib qolindi. Ehtimol, aynan shu orqali bu qayg‘uli voqea oshkor bo‘lgandir....
Toshkent shahar “Hazrati Ali” jome masjidi imom noibi
Abdulqayyum G‘ofurov tarjimasi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Kengaytirilgan Ilmiy kengash hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi va tashabbusi bilan poytaxtda bunyod etilayotgan megaloyiha muzey ekspozitsiyasi va kutubxona fondini shakllantirish, uning rasmiy ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha Ishchi guruh va kichik ishchi guruhlarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Kengash uchrashuvida quyidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan:
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi;
“O‘zbekistonning madaniy merosi — butun insoniyat mulki” mavzusidagi Global ko‘rgazmani tashkil etish;
“Buyuk o‘tmish merosi – ma’rifatli kelajak poydevori” mavzusidagi IX Xalqaro kongressga tayyorgarlik;
Islom olami ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti – ICESCO (AYSЕSKO) bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o‘tkazish;
“1001 kashfiyot” bolalar ko‘rgazmasini o‘tkazish;
“114 Qur’on” va “O‘zbekiston kartografiyasi” nashr loyihalari taqdimoti;
Shuningdek, “Tirik tarix”, “Kutubxona”, “Tarixiy shaxslar panoramasi” portallari, multimedia va raqamli loyihalar, Imom Buxoriy haqidagi film va kinoxronikalar taqdimoti shular jumlasidandir.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati