Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyun, 2025   |   7 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:51
Peshin
12:26
Asr
17:34
Shom
19:54
Xufton
21:30
Bismillah
03 Iyun, 2025, 7 Zulhijja, 1446

Omonatdorlik mukofoti

03.09.2019   2233   2 min.
Omonatdorlik mukofoti

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.

Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Makkada bir kambag‘al kishi yashardi. U soliha ayolga uylangan edi. Bir kuni ayoli unga: “Ey aziz xojam, bizda yeyishga taom ham, kiyishga libos ham yo‘q” dedi. Er darhol ish izlab bozorga chiqdi. Rosa ish qidirdi, ammo topa olmagach, Masjidul Haromga borib, ikki rakat namoz o‘qidi va Allohdan mushkulini oson qilishini so‘rab, astoydil duo qildi. Duosini tugatib, Haram maydoniga chiqdi. O‘sha yerda bir hamyon topib oldi. Ochib qarasa, ichida ming dinor bor ekan. Topib olingan pul bilan xotinimni hursand qilaman deb darhol uyiga jo‘nadi. Lekin ayoli hamyonni rad etdi va eriga: “Siz bu hamyonni qaytarib berishingiz kerak. Chunki, Haramda yotgan narsani olish joiz emas” dedi. Er yana Haramga jo‘nadi. Borsa, u yerda bir odam: “Kim ichida ming dinor puli bor hamyon topib oldi?” deb qichqirayotgan ekan. Haligi kishi hursand bo‘lib ketdi va darhol: “Men topib oldim. Ma, ol hamyoningni. Uni Haram maydonidan topib olgandim” dedi. Hamyon egasi faqir kishiga uzoq tikilib turdi-da, keyin: “Hamyonni o‘zingga olib qol. U seniki. U bilan birga yana to‘qqiz ming dinor ham bor edi” dedi. Faqir kishi hayron bo‘lib turgan edi, hamyon egasi yana so‘zida davom etdi: “Shomlik bir sahovatli kishi menga o‘n ming dinor berdi va “Bundan ming dinorini Haram maydoniga tashlab qo‘y. Agar topib olgan kishi hamyonni senga qaytarib olib kelsa, uni o‘ziga qaytar. Chunki, o‘sha qaytarib olib kelgan odam omonatdor kishidir” dedi”. Bu gaplarni eshitgan faqir kishi juda hursand bo‘lib ketdi va Allohga ko‘p shukrlar qildi. Zero, Robbimiz O‘zining muqaddas Kalomida: “Kimki Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur. Yana, uni o‘zi o‘ylamagan joydan rizqlantirur” deb marhamat qilgan. (Taloq surasi, 2-3-oyatlar). 

Nozimjon Hoshimjon

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda

03.06.2025   840   1 min.
Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.


Joriy yilning 31 may sanasida Mir Arab oliy madrasasini 32 nafar, Imom Termiziy o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasini 23 nafar bitiruvchi bitirdi. 


Bugun, 3 iyun kuni esa Andijon viloyatidagi "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 2021-2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov ishtirok etdi.


Eslatib o‘tamiz, bu yil diniy oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan 119 nafar bitiruvchidan 15 nafari ayol-qizlar, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini bitirayotgan 436 nafardan 56 nafari ayol-qizlardir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda Diniy ta’lim muassasalarida bitiruv tadbirlari bo‘lmoqda
O'zbekiston yangiliklari