Qozog‘iston musulmonlari idorasi tomonidan Olmota markaziy masjidida ayol-qizlar o‘rtasida "Yosin" surasini qiroat qilish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, muftiy noibi Baurjon Yesmaxon duolari va musobaqa haqidagi fikrlari bilan davom etdi.
Qur’oni karim musobaqasida 14 nafar ayol-qizlar ishtirok etdi. Musobaqada birinchi o‘rinni egallagan Batirbekova Nazerkega 50 ming tenge miqdorida pul mukofoti topshirildi.
Ikkinchi o‘rin sohibasiga 30 ming, uchinchi o‘ringa 20 ming tenge pul mukofotlari topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Shu yil 5 iyun kuni - hijriy zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni ziyoratchilarimiz Mino vodiysidan erta tongdan guruh-guruh bo‘lib zamonaviy avtobuslarda Arafot maydoniga yetib kelishdi. Ushbu muborak joyda hamyurtlarimiz uchun alohida ajratilgan joyda barcha tayyorgarliklar hozirlab qo‘yilgan.
Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.
Alloh taolo barcha hojilarning hajlarini mabrur, elu yurt haqqiga qilgan duolarini qabul aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati