Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Yanvar, 2025   |   8 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:30
Shom
17:14
Xufton
18:33
Bismillah
08 Yanvar, 2025, 8 Rajab, 1446

Maqolani o‘qib, to‘g‘ri tushunganlar

21.08.2019   3252   3 min.
Maqolani o‘qib, to‘g‘ri tushunganlar

Saytimizda e’lon qilingan “Dollar narxi oshdimi?” sarlavhali maqola haqida turli fikr-mulohazalar bildirildi. Ammo ushbu maqolani o‘qib, undan ko‘zlangan maqsad nima ekanini to‘g‘ri tushungan muxlislarimiz ham bo‘ldi. Quyida ana shu muxlislarga tegishli fikrlarining asliy (skrinshot) va matnli ko‘rinishini taqdim etamiz.

  1. Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi “Asadulloh Alqosim”ning fikri:

"Dollor narxi oshdimi?"

Bu sarlovxa shunchaki maqolaga o‘quvchining e’tiborini tortishlik uchun qo‘yilgan edi... maqolada umumiy qimmatchilik to‘g‘risida so‘z boradi "dollor" birgina misol tariqasida esga olinadi....

Ammo ... o‘quvchilar muxokamasi o‘zlariga yarasha bo‘ldi.

Istig‘for - Inson gunoxkorligini tan olib Yaratgandan kechirim so‘rashlikdir”

  1. Keyingi fikr “Muxlis Inson” nomi bilan Feysbuk ijtimoiy tarmog‘iga kiruvchi muxlisimizga tegishli:

“Nozimjon oka manimcha, maqolani samimiy qabul qilib istig‘for aytishni ko‘paytirgan odam iqtisodiy muammolar garchi jamiyatda umumiy keng tarqalgan bo‘lsada, Allohni yordami ila bu holatni zararlaridan omonda qoladi, aksincha, istig‘for aytishni to‘g‘ri chora deb bilmay, bu ham sabablardan bir sabab ekanini e’tiborga olmagan kishilar ana shu iqtisodiy muammolar asoratida o‘ralashib yuraveradi, endi, dinsiz davlatlarni misol keltirish Allohni ularga bergan istidrojini unutish bo‘ladi, umuman olganda siz yaxshi niyatda yetkazdingiz, kimlardir manfaat oldi, bu choradan qoniqmaganlar mayli o‘zlari boshqacharoq chora izlab ko‘rishsin, natija Allohdan...”

  1. Keyingi fikr esa “Fozil Kayumov” ismli feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisiga tegishli:

“Moddaga ishongan sababni moddadan boshqa narsada ko‘rmaydi, borliqni yaratganga iymon keltirgan hamma narsani u zotning amri va hikmatiga bog‘laydi”

Alloh taolo maqoladan to‘g‘ri xulosa chiqargan azizlarimizni sog‘-salomat aylab, barchamizning gunohlarimizni mag‘firat etsin!

Shu o‘rinda quyida istig‘forning foydalari, musibat kelganda qanday yo‘l tutishga oid maqolalarning havolalarini berib o‘tamiz. Aziz muxlislarimiz ushbu havolalarga kirib, maqolalardan bahramand bo‘ladilar degan umiddamiz.

“Istig‘forning foydalari” nomli maqola:

https://muxlis.uz/uz/pages/istiforning-fojdalari

Qiyinchilik qaytib kelmasligi uchun:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/13095

G‘aflatda qolmang! Duo qabul bo‘ladigan vaqt va holatlar:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/13211
Hech bir holatda kanda qilmang:

http://muslim.uz/index.php/rukn/quran/item/13054

Musibatga uchrasangiz 8 tavsiya:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/13325

Yolg‘onning ko‘payishi qiyomatning alomatidir:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/12844

Taqdirni rad etish:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/12774

Sabr qiling har bir ishda chegara bor!:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/12420

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sabrlari:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/11889

Alloh sevgan banda bo‘lsam, desangiz:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/11007

Sabrli bo‘lish uchun nima qilish kerak?:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/10851

Ushbu 5 gunohdan mo‘minlar uzoq bo‘lsinlar!:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/13839

IYMONNING ALOMATI:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/13542

Ajib savollarga nozik javoblar:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/13901

Mo‘minlarning 4 axloqi:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/15094

Bemor bo‘lganda bajariladigan 4 amal:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/16155

U qoqilmas ulovdir:

http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/15768

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qalbning zangini ketkazuvchi amal

8.01.2025   7   3 min.
Qalbning zangini ketkazuvchi amal

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Inson qalbi goh u tarafga, goh bu tarafga o‘zgarib turadi: savobli ish qilganida, qalbi yayraydi, dili cheksiz quvonchga to‘ladi. Gunoh-ma’siyat kirlari esa dil oynasini xiralashtiradi. Oqibatda qalb qorayadi, ko‘ngli xijil bo‘ladi.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Temirga suv tegsa zanglaydi. Xuddi shunga o‘xshab qalblarni ham zang bosadi", dedilar. Shunda: "Yo Rasululloh, uning jilosi nima?" deb so‘raldi. U zot: "O‘limni ko‘p eslash, Qur’on o‘qish", dedilar.

Qalb xuddi temir kabi zanglaydi. Temirga suv tegsa, sirtini zang bosadi. Gunohlar yig‘ilib yig‘ilib qalbni zanglatadi, dilni qoraytiradi, ko‘ngilni g‘ash qiladi. Qalb qorayishi oqibatida inson shuuri o‘tmaslashadi, mehr-oqibat tuyg‘usi kishi bilmas tarzda ko‘tarilib boradi.

Mazkur hadisda aytilishicha, o‘limni eslagan, Qur’on o‘qigan odamning qalbi zanglardan tozalanadi. Qanday qilib, deysizmi? Gap shundaki, o‘limni eslagan kishining o‘tkinchi dunyoga xohishi so‘nadi. O‘limni eslagan, oxiratni o‘ylagan inson gunohlardan tiyiladi, nafasi kirib-chiqib turganida Parvardigoriga tezroq tavba qilishga shoshiladi, o‘zini isloh qiladi. Inson o‘limni eslaganda lazzatlar parchalanadi, hakalab otib turgan nafs xohishlari sal bo‘lsayam jilovlanadi. Bir kunmas-bir kun dunyoni tark etishini bilgan kishi oqibatli bo‘ladi, bir ish qilishdan oldin oxirini o‘ylaydi, mulohaza yuritadi.

Yuqoridagi hadisda aytilishicha, Qur’on tilovati qalbdagi zanglarni ketkazadi. Haqiqatan, Qur’on o‘qish bilan qalb yayraydi, ko‘ngil taskin topadi. Mo‘min banda qiroatdan bir dunyo ma’naviy ozuqa oladi. Shu yo‘sin qalbni qoplagan zang qurumlari asta-sekin tozalanib boradi. Bejizga "Qur’on qalbga malham, dilni tozalaydigan ilohiy davo", deyilmagan.

Ma’lumki, temirga doim ishlov berib turilmasa, ko‘p o‘tmay zanglaydi. Xuddi shunga o‘xshab, Qur’on o‘qilmasa, dilni zang bosadi. Hamisha Qur’on o‘qiydigan inson qalbiga gard yuqmaydi. Tilovat bilan jilolangan qalbi oynadek yarqirab turadi.

Hozirgi "zamonaviy" odamlarning ko‘pi dunyoga hirs qo‘yish dardi bilan og‘rigan. Kishilar orasida o‘zaro ishonch, sadoqat, vafo, mehr-oqibat kamayib ketayotgandek. Bizningcha, buning sababi bitta: o‘limni unutish, Qur’on o‘qimaslik.

Ayrim odamlarga o‘limni eslatsangiz, oxiratdan gap ochsangiz: "Qo‘ying, yaxshi mavzuda gaplashaylik!" deya so‘zingizni bo‘ladi. O‘limni eslash yomonmi?! Har kimning boshida bor-ku bu savdo! O‘limdan qochib-qutulib bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘limga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Qanday qilib, deysizmi? O‘limga hozirlik solih amallar bilan bo‘ladi, qorong‘i go‘rni yorituvchi Qur’on tilovati bilan bo‘ladi. Quruq kafanlik olib yoki qabristondan o‘zi uchun alohida joy ajratib qo‘ygan odamni oxirat safariga rostmana shay deb bo‘lmaydi.

Tolibjon domla Xursanmurodov,
Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi.

Ali ibn Husomiddin Muttaqiy Hindiy. "Kanzul ummol fi sunanil aqvoli val af’ol". – Bayrut.: Muassasatur risolat, 1989. - B. 210.

Maqolalar