Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

Nishonga urilgan gaplar: “O‘zingga doimo rost so‘zlarni ixtiyor qil, agarda seni rostlik o‘ldirsa ham”

06.08.2019   3210   1 min.
Nishonga urilgan gaplar: “O‘zingga doimo rost so‘zlarni ixtiyor qil, agarda seni rostlik o‘ldirsa ham”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

 

«Go‘zallik qayerda?» deb so‘rasalar, «Go‘zallik Alloh taolodan hayo qiladigan yuzlardadir» deb javob ber!

«Tarix muhrlagan so‘zlar»

*****

O‘zingga doimo rost so‘zlarni ixtiyor qil, agarda seni rostlik o‘ldirsa ham.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

*****

BЕSh TOIFA ODAM UYLANISHGA, OILA QURISHGA YAROQLI EMASLAR:

  1. DINDORLIGI KAM.
  2. AXLOQSIZ.
  3. BAXIL.
  4. AYOLLARGA KO‘Z OLAYTIRADIGAN.
  5. FЕ’L-ATVORI, XARAKTЕRI YOMON.

“XOVATIR ROQIYA JURNALI”

*****

Yiqilganingda turg‘azib qo‘yish uchun uzatilgan qo‘l ko‘cha-ko‘yda uchrashib qolinganda so‘rashish uchun uzatiladigan minglab qo‘llardan ishonchliroqdir.

«Tarix muhrlagan so‘zlar»

*****

Har qanday insonning muammosi boshqa bir insondir.

  • Inson insondan nojam bo‘ladi.
  • Inson insondan qo‘rqadi.
  • Inson inson sababli tushkunlikka tushadi.
  • Inson inson tufayli bezovta bo‘ladi.
  • Inson inson sababli hayotni yoqtirmay, o‘limni orzu qiladi.
  • Insonning hayoti inson tufayli azobga aylanadi.
  • Inson inson tufayli o‘ladi.
  • Inson inson tufayli infarkt, insult va qandli diabet kabi kasalliklarga yo‘liqadi.

Odil Sodiq,

psixolog

*****

Bir odamning qandayligi:

— puli ko‘payganda;

— mansabga o‘tirganda;

— birga safarga chiqqanda ma’lum bo‘ladi.

*****

Ochlik paytida nonning eskisi bo‘lmaydi.

«Tarix muhrlagan so‘zlar»

*****

Gapirayotganingda, senga tikilib, jim qarab turganlarning barchasi ham gapingni tinglayotgan bo‘lavermaydi. Ayrimlar gapirish navbatini kutib jim turadi.

*****

O‘g‘il bola jinsiga mansub bo‘lib tug‘ilganlarning barchasi ham ERKAK deyilavermaydi.

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Samarqand shahri 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qiladi

16.06.2025   5275   1 min.
Samarqand shahri 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qiladi

Saudiya Arabistonining yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston hayotida kechayotgan muhim voqelarni yoritishda davom etayapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 
 

Xususan, ushbu mamlakatdagi ommabop "Sahm News" elektron nashrida O‘zbekiston 2026 yilda Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilishi haqidagi ma’lumotni tarqatdi.

 

"O‘zbekistonning Samarqand shahri 2026 yilgi Global ekologik fond assambleyasiga mezbonlik qilish uchun tanlandi. Assambleya Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yer degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘ish platformasiga aylanishi kutilmoqda", – deyilgan materialda.

 

Qayd etilishicha, 2026 yilda Samarqand shahrida Global ekologik fondning sakkizinchi yig‘ilishi va Global ekologik fond kengashining yetmish birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. "Bu qaror AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Kengashning oltmish to‘qqizinchi yig‘ilishida qabul qilindi", deya urg‘ulangan maqolada.

 

Saudiyaning yetakchi "Watan News" nashri esa O‘zbekiston Prezidentining yaqin kelajakda Bryusselga tashrif buyurishi haqida yozdi. "Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Tobgo Klan to‘rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumda ma’lum qildi", deya ta’kidlangan manbada.

 

"Bunday tashrif tarixiy voqea hamda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun noyob imkoniyat yaratadi", – deya Tobgo Klan fikrlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati