Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

«Iymon» kitobi qoraqalpoq tiliga tarjima qilindi

01.08.2019   2771   1 min.
«Iymon» kitobi qoraqalpoq tiliga tarjima qilindi

Ma’lumki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning kitoblari hayotlik chog‘laridayoq boshqa tillarga tarjima qilina boshlangan edi. Bu xayrli ish hamon davom etmoqda. Shunday tarjimalardan biri «Iymon» kitobining qoraqalpoq tiliga tarjimasi bo‘ldi.

Ushbu kitob Shayx hazratlarining dastlabki kitoblaridan biri bo‘lib, 1991 yilda ilk bor nashr etilgan edi. Keyinchalik kitob qayta-qayta nashr etildi. Ayni kunlarda uning qoraqalpoq tiliga tarjimasi chop etilmoqda. Shuni ham eslatib o‘tish joizki, ushbu kitob muallifning hayotlik chog‘ida rus tiliga tarjima qilinib, chop etilgan.

Kitobning qoraqalpoq tilidagi tarjimasi esa, tez orada sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Kitob sotuvga qo‘yilgach O‘zbekiston bo‘ylab barcha filiallaridan va internet orqali kitoblardunyosi.uz saytidan onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Moturidiylik” islomshunoslik sohasidagi yetakchi ilmiy nashrlardan biri

29.06.2025   9573   1 min.
“Moturidiylik” islomshunoslik sohasidagi yetakchi ilmiy nashrlardan biri

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan imom-xatiblar, mudarrislar, oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun “Moturidiylik” jurnalining maxsus sonini nashr qilish rejalashtirilmoqda. 

Maxsus sonni tayyorlashdan maqsad – diniy soha xodimlarining  islomshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash.

“Moturidiylik” respublikaning islomshunoslik sohasidagi yetakchi ilmiy nashrlaridan biri bo‘lib, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy tadqiqotlarning asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan. 

“Moturidiylik” jurnalida chop etilgan maqolalar respublika miqyosida mustaqil ilmiy tadqiqot sifatida tan olinadi va ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilarga qo‘yilgan maqola talablarini bajarishda to‘liq e’tirof etiladi.

Maqola talablari

Maqolalar Word hujjati sifatida taqdim etiladi (.doc yoki .docx  formatida)
Maqolaning maksimal uzunligi 7-10 sahifadan oshmasligi kerak (barcha raqamlar, jadvallar, rasmlar, izohlar, iqtiboslar va havolalar bilan birga)
Matn 14 kattalikdagi Times New Roman shriftida, 1,5 intervalda yoziladi

Taqdim etiladigan maqola quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:

Sarlavha, sarlavhadan keyin muallif(lar)ning ism(lar)i qo‘yiladi.
Annotatsiya 70–100 ta so‘zdan iborat 
Kalit so‘z  5–8 ta 
Kirish
Asosiy qism
Muhokama
Natijalar
Xulosa
Adabiyotlar/Iqtibos keltirilgan asarlar ro‘yxati

Maqolaga qo‘yilgan talablar borasida ushbu havola orqali batafsil bilib olishingiz mumkin!

Ushbu havola orqali maqolangizni yuboring! 
+998712443521
 info@maturidijournal.org 
www.maturidijournal.org