Haj Islom dinining beshinchi rukni bo‘lib, haj qiluvchi nafs pokligi va ahloq sayqaliga alohida e’tiborli bo‘lishi talab etiladi. Alloh taolo O‘zining baytiga haj ibodatini bajarish uchun chaqiribdimi, demak haj qiluvchilar Allohning mehmonlaridir. Shuning uchun haj qiluvchilar oliy darajadagi odob bilan odoblanishlari zarurdir.
“Haj ma’lum oylardir. Kimki ularda o‘ziga hajni farz qilsa (ya’ni ehromga kirsa), hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo‘qdir. Nima yaxshilik qilsangiz Alloh uni biladi” (Baqara surasi, 197-oyat).
Hajga otlangan inson tilini turli fahsh, g‘iybat va noo‘rin so‘zlardan tiyishi zarur. Hajdan ko‘zlangan maqsad mukammal ravishda ro‘yobga chiqishi uchun bir qancha qalb amallari va odoblarni bajo keltirish lozim bo‘ladi:
Haj safariga boruvchi ayollarga xos bo‘lgan masalalar:
Haj safari davomida bajargan ibodatlaringiz Alloh taolo dargohida husni maqbul darajasida bo‘lishini, mabrur haj nasib etishini tilab qolamiz.
Munira ABUBAKIROVA
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi
#haj
64-CAVOL:
Assalomu alaykum. Men piyoda haj qilmoqchiman, shu masalaga dinimizda nima deyiladi?
JAVOB:
Va alaykum assalom. Piyoda haj qilish to‘g‘risida mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahimahulloh makruh, deganlar. Chunki piyoda haj qilishda safar mashaqqati odamning xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kishi fe’lini tajang qilib qo‘yadi. “Majma’ul anhur” kitobida: “Ulovda haj qilish piyoda haj qilishdan afzaldir va fatvo ham shungadir”, deyiladi.
Hozirgi kunda vatandoshlarimizning xavfsizligi va qulayligini hisobga olib, faqat uyushgan holda va havo yuli orqali haj safari qilinadi. Har bir hojining xavfsizligi, sog‘ligi va ibodatlarni to‘liq bajarishi maxsus ishchi guruh diqqat-e’tiborida bo‘ladi.
Demak, yakka tartibda piyoda va avtomobillarda haj safari qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki piyoda safar qilinganda bir nechta xorijiy davlatlar chegaralari kesib o‘tiladi va yo‘lning xavfsizligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Hukumatimiz tomonidan barcha qulayliklar yaratilib turganda bir paytda, jonimizni xavfga qo‘yib, piyoda haj qilaman, deyish ma’qul emas. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
fatvo hay’ati. @diniysavollar