Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Fevral, 2025   |   26 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:04
Peshin
12:41
Asr
16:25
Shom
18:12
Xufton
19:25
Bismillah
25 Fevral, 2025, 26 Sha`bon, 1446

Nima uchun qarz-havola qilib haj amalini bajarib bo‘lmaydi?

24.07.2019   4220   1 min.
Nima uchun qarz-havola qilib haj amalini bajarib bo‘lmaydi?

Nursulton shahridagi “Hazrat Sulton” masjidi imomi Maqsatbek Qairg‘aliyev navbatdagi haj mavsumiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida nima uchun qarz-havola qilib haj amalini bajarib bo‘lmasligini izohlab berdi.

“Islom dinining shartlaridan biri bo‘lmish haj amalini bajarish uchun birovdan qarz yoki kredit olib bo‘lmaydi. Negaki, haj safari xarajatlariga va safarga borib kelgunicha farzandlarini xarajatlariga yetadigan mablag‘ga ega bo‘lgan kishigagina haj farz bo‘ladi. Ya’ni, shu xarajatlarni qoplashga imkoniyati bor kishigina haj amalini bajarishi mumkin”, - dedi imom.

Uning fikriga ko‘ra, bunga u ham moddiy, ham ruhiy, ham sog‘liq jihatdan tayyor bo‘lishi kerak.

“Hozir shunday imkoniyatga ega emas ekan, u keyingi yilgacha pul to‘plashi va haj amalini bajarsa bo‘ladi. Tashqaridan mablag‘ jalb qilish, kimdandir qarz olishga ehtiyoj yo‘q”, dedi Maqsatbek Qairg‘aliyev.
Aytilishicha, shu yilning 31 iyulidan 20 avgustga qadar Qozog‘istondan ajratilgan kvota bo‘yicha 3200 nafar inson haj amalini bajaradi. Bo‘lajak hojilarga qozog‘istonlik «Scat» va saudiyalik «FlyNas» aviakompaniyalari xizmat ko‘rsatishadi. Birinchi reys Oqtov va Chimkent shaharlaridan bo‘lishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Taomlanish  sirlari (5-qism)

25.02.2025   1027   3 min.
Taomlanish  sirlari (5-qism)

Taomlanish  sirlari (7 qismdan iborat)ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

     (5-qism)

  1. Qur’oni karim oyati karimalari,
  2. Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadisi shariflari,
  3. dinimiz asoslari,
  4. shariatimiz hukmlari,
  5. sharqona odoblarimiz,
  6. mazhabimiz me’yorlari,
  7. jamiyatshunoslik aloqalari,
  8. odamgarchilik munosabatlari,
  9. insoniy tuyg‘ular,
  10. ruhshunoslik sir-asrorlari,
  11. yurtimiz urf-odatlari,
  12. o‘zbekchilik qoidalari,
  13. madaniyatimiz axloqlari,
  14. insoniy aql va axloqiy normalar,
  15. dono maqollarimiz,
  16. milliy an’analarimiz,
  17. diniy qadriyatlarimiz,
  18. xalqimiz ong-tafakkuri,
  19. millatimiz mentaliteti,
  20. dono xalqimiz dunyoqarashi,
  21. musulmonchiligimiz ko‘rsatmalari

 

a s o s    v a    n ye g i z l a r i d a:

 

  • ulug‘ ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari  va  noyob  hikmatlari,
  • buyuk  ota-bobolarimizdan  eshitib kelayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari  va betakror hikoyalari,
  • mehribon  ota-onalarimizdan  o‘rganib  kelayotgan gavhar o‘gitlari va  mislsiz  so‘zlari,
  • elimiz  tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan ta’lim olib kelayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari,
  • jannatmakon  yurtimiz – muqaddas  Vatanimiz  ta’lim  maskanlarida  taralayotgan  durdan  a’lo fanlar va beqiyos bilimlar,
  • zamonaviy olimlarning bilimlari, turli soha mutaxassislarining  ajoyib  kashfiyotlari,
  • bugungi  kunda  va doim  kerak bo‘ladigan  hayotiy  masalalar, dolzarb  mavzular,  qiziqarli  ma’lumotlar  hamda xalqimiz orasida  e’tirof etilgan mezonlar
  • ulug‘ ustozlarimiz – tabarruk ulamolarimiz keng, chuqur va unumli iste’foda etib, batafsil taqdim etgan

DASTURXON ATROFIDA O‘ZINI TUTISH, TAOMLANISH,

ICHIMLIK ICHISH HAMDA OVQATLANGANDAN KЕYINGI

TARTIB-QOIDA VA ODOBLAR 

ga doir nihoyatda foydali maslahat, kerakli tavsiya hamda eng muhim odoblaridan namunalar:

TAOMLANISHDAN  OLDIN:

  1. Ovqatlanishdan avval ikki qo‘lni bo‘g‘imigacha uch marta yuviladi;
  2. taomdan avval ham, keyin ham qo‘lni yuvish kerak;
  3. taomdan avval tizzalab o‘tirilib, ikki bilakni tizzalar o‘rtasiga qo‘yib, ikki qo‘l bilakkacha yuviladi;
  4. yuvilgan qo‘l silkitilmaydi;
  5. yuvilgan qo‘l ishlatilgan kir narsaga emas, balki toza sochiqqa artiladi;
  6. mezbonlar taklif etmaguncha, dasturxon atrofiga o‘tirmaslik;
  7. taomga chaqirilganda unga javob berish yana bir odobdir;
  8. odobli inson ziyofatga ketayotib mezbonning iznisiz u yerga chaqirilmagan kishini olib bormaydi;
  9. chaqirilmagan joyga bormaslik;
  10. taklif etilgan joyga kechikmaslik;
  11. taom kamtarin holda o‘tirib yeyiladi;
  12. taomlanishdan oldin va keyin qo‘lni yuvish;
  13. taomni sufrada, ya’ni dasturxonda yemoq;
  14. dasturxonga birinchi bo‘lib non mahsulotlari keltiriladi;
  15. dasturxon atrofida o‘tirganlar ovqatga taklif etilib, so‘ngra yeyiladi;
  16. agar imkoni bo‘lsa, yolg‘iz ovqatlanilmaydi;
  17. taomlanayotganda oyoq kiyimni yechib o‘tirmoq;
  18. ovqat mahali bo‘lgan vaqtlarda hech kimning uyiga uning chaqirig‘isiz bormaslik;
  19. ovkatlanayotgan odamlar bor joyga salom berib kirishlik;
  20. dasturxon solinib, taom hozir bo‘lsa, namoz vaqti bo‘lib qolsa, avval taomni yeb, so‘ng namoz uchun turish lozim. Shu shart bilanki, namoz qazo bo‘lmasin. Agar vaqt juda kam qolgan bo‘lsa-yu, namoz qazo bo‘lish xavfi bor bo‘lsa, unda oldin namoz o‘qigan afzal;
  21. bir kishilik taomni ikki kishi yeydigan bo‘lib qolsa, bunga mone’ bo‘lmaslik.

                                                   (5 – qism tugadi. Davomi bor...). 

Ibrohimjon domla Inomov

 

Maqolalar