Iordaniya poytaxti Amman shahrida joylashgan Xosseyni masjidi chorshanba kuni yoqib yuborilgan. Bu haqda Iordaniya ommaviy axborot vositasi xabar beradi.
Yong‘in 50 kvadrat metr bo‘lgan masjidning ikkinchi qavatiga hamda masjid kutubxonasiga o‘tgan. Mahalliy manbalarga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim yaralanmagan va alanga bartaraf etilgan. Amman shahar tashkilotining jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi uning xodimlari masjiddagi olovdan keyingi tutunni yo‘qotish uchun harakat qilayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida Xosseyni masjidi Iordaniya poytaxti Ammanning eng qadimgi masjidlaridan biri hisoblanadi. Ushbu masjid ikkinchi xalifa davrida qurilgan bo‘lib, Abdulloh II tomonidan qaytadan ta’mirlangan. Bugungi kunda masjidga ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan